Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/04 18:00 Lokomotiv - Navbahor
17/04 19:00 OKMK - Buxoro
17/04 20:15 Surxon - Qizilqum
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi - Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al - Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor - Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted

Vadim Abramov: «Jaloliddinovga jiddiy qiziqishlar bor, yaqinda bu haqda eshitasiz»

Vadim Abramov: «Jaloliddinovga jiddiy qiziqishlar bor, yaqinda bu haqda eshitasiz»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi Vadim Abramov «VsyoProSport» muxbiri bilan suhbatda Jasur Jaloliddinov haqida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

Eslatib o‘tamiz, 18 yoshli futbolchi yaqinda Moskvaning «Lokomotiv» klubi bilan shartnomani bekor qildi.

«Biz Jaloliddinovni bajonudil «Bunyodkor»ga qaytarib olgan bo‘lardik. Hozir u biz bilan shug‘ullanmoqda. Ruhiy jihatdan Jasur o‘zini yaxshi his qilmoqda. Yaqinda o‘tkazilgan nazorat o‘yinida u jarimadan chiroyli gol urdi. Jasur jamoamizni kuchaytirgan bo‘lardi.

O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida menga Jaloliddinovning Yevropada o‘ynagani yaxshi. U yerda futbolchi o‘sadi va milliy jamoaning yuqori darajaga chiqishida yordam beradi. Kelajakda terma jamoaning yetakchi o‘yinchisiga aylanishiga umid qilyapman. Bizda bunday yigitlardan 5 nafari mavjud. Tez orada ushbu avlod o‘zini ko‘rsata oladi. Ular bizning kelajagimiz.

Hozirda Jaloliddinovga jiddiy darajadagi qiziqishlar bor. Yaqin orada bu haqda eshitasiz, deb o‘ylayman», - dedi Abramov.

Manba: www.vseprosport.ru
Kiritildi: 09:37, 06.02.2021.
O'qildi: 5197 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик