Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

«Qizilqum» Antaliyada uchinchi g‘alabasiga erishdi

«Qizilqum» Antaliyada uchinchi g‘alabasiga erishdi

Baho:
+ | -

10 kundan buyon Antaliyada o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazayotgan “Qizilqum” futbolchilari bugun yig‘in doirasida navbatdagi nazorat uchrashuvni o‘tkazishdi.

Navoiyliklarning bu galgi raqibi Qozog‘iston premyer ligasi vakili “Kaspiy” klubi bo‘ldi.

Aktauliklarga qarshi bellashuvning ilk daqiqalaridanoq vakillarimiz hisobda oldinga chiqib olishdi. Mate Vasadzega nisbatan ishlatilgan qo‘pollikdan keyin belgilangan penaltini Georgi Kuxianidze aniq amalga oshirdi . Bo‘lim o‘rtalariga kelib qo‘shnilarimiz muvozanatni tiklashdi -1:1. Keyinchalik Elguja Grigalashvilida ikki marta gol urish uchun yaxshi imkoniyat bo‘ldi. Birinchisida raqib posboni jamoasini muqarrar goldan saqlab qolgan bo‘lsa, keyingi vaziyatda gruziyalik legionerning o‘ng burchakdan yo‘llagan kuchli zarbasi darvoza to‘sinini titratdi. Birinchi bo‘limga tomonlar shu hisobda yo‘l olishdi.

Ikkinchi bo‘lim avvalida yana vakillarimiz oldinga chiqib olishdi. Oybek Qilichevning o‘ng qanotdan uzatib bergan to‘pidan keyin raqib himoyachilari pala partishlikka yo‘l qo‘yishdi va Jasur Azimov vaziyatda ustalik bilan foydalanib, yaqin masofadan raqib darvozasini ishg‘ol etdi -2:1. Oradan o‘n daqiqa o‘tgach, “Kaspiy” sardori to‘p uchun kurashda himoyachimiz Muhsin Ubaydullayevdan chaqqonroq harakat qildi va Nesterov bilan birga bir vaziyatga chiqib borib, yana hisobni tenglashtirdi. Ikkinchi bo‘lim o‘rtalariga kelib Georgi Kuxianidze o‘zini ko‘rsatdi. U ikki daqiqa ichida ikki bor raqib darvozabonini uzoq masofadan kuchli zarbalari bilan dog‘da qoldirib, jamoamizning ishonchli g‘alabasini ta’minladi.

Nazorat uchrashuvi.  06.02.2021
“Qizilqum” (O‘zbekiston) – “Kaspiy” (Qozog‘iston) 4:2
Antaliya. “Titanik Lara” stadioni.
Gollar: G.Kuxainidze (3-pen, 66, 68), J. Azimov (50).
“Qizilqum”: Ignatiy Nesterov (Artyom Makosin), Fayzulla Qambarov (Azizbek Usmonov), Muhsin Ubaydullayev, Sherali Jo‘rayev, Salim Mustafoyev, Erkin Baydullayev, Oybek Qilichev (Jamshid Hasanov), Jasur Azimov, Georgi Kuxianidze, Elguja Grigalashvili (Behruz Sa’dilloyev), Mate Vatsadze.

Manba: fcqizilqum.uz
Kiritildi: 10:02, 07.02.2021.
O'qildi: 2446 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик