Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 1-2 Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum 2-1 Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano 3-0 Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl - Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem - Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK

Superliganing 2021 yilgi mavsumiga qachon qur’a tashlanishi ma’lum!

Superliganing 2021 yilgi mavsumiga qachon qur’a tashlanishi ma’lum!

Baho:
+ | -

20 fevral — shanba kuni Superliganing 2021 yilgi mavsumiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tadi.

Marosim 18:15 dan boshlab «Sport» telekanali orqali jonli efirga uzatiladi.
2020 yilgi pandemiya sabab musobaqalar 20 dekabr sanasiga qadar davom etganidan xabaringiz bor. Shundan kelib chiqib, qishki transfer oynasi o‘tgan yillardagi kabi 17 dekabrda emas, 4 yanvar sanasida ochildi va u 12 martga qadar davom etadi.

2021 yilgi mavsum mamlakatning amaldagi chempioni «Paxtakor» hamda vise-chempioni «Nasaf» o‘rtasidagi Superkubok uchrashuvi bilan start oladi. Mazkur bellashuv 6 mart — shanba kuni bo‘lib o‘tadi. Superkubok uchrashuviga qaysi stadion mezbonlik qilishi yaqin orada e’lon qilinadi.

9 mart kuni esa Superliganing ilk turi boshlanishi belgilangan. 22 martdagi FIFA kuniga qadar Superliganing 3 ta turi bo‘lib o‘tadi. Hozirgacha Superliganing iyul oyiga qadar bo‘lib o‘tadigan 13 ta turi hamda O‘zbekiston kubogining guruh bosqichi va 1/8 final uchrashuvlari sanalari rejaga kiritilgan. Biroq ayni vaqtda OFK Chempionlar ligasi hamda OFK kubogining markazlashtirilgan formatdagi guruh bosqichiga mezbonlik qiluvchi mamlakatlarni aniqlayotgani va bunda O‘zbekiston shaharlarining ham ehtimoliy mezbonligi bor ekanidan kelib chiqib, 2021 yilgi mavsum taqvimi biroz keyinroq ochiqlanadi.

Ma’lumot uchun, Superliganing 2021 yilgi mavsumida ham g‘oliblik uchun 14 ta klub kurash olib boradi: «Paxtakor», «Nasaf», AGMK, «Bunyodkor», Qo‘qon-1912”, «So‘g‘diyona», «Metallurg», «Navbahor», «Lokomotiv», «Mash’al», «Qizilqum», «Surxon», «Andijon» va «Turon». Mavsum yakuniga ko‘ra so‘nggi ikki o‘rindan joy olgan klub Pro ligaga tushiriladi. Superliganing 12-o‘rnidan joy olgan klub esa Pro liganing uchinchi jamoasiga qarshi o‘tish o‘yinini avvalgi yildagi kabi safarda o‘tkazadi.

Kiritildi: 10:50, 08.02.2021.
O'qildi: 3161 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.