Londonning «Vest Xem» klubi hujumchilar tanqisligi bilan bog‘liq muammolarga duch kelmoqda.
Jamoa bosh murabbiyi Devid Moyes hali biror bir transferni amalga oshirishni o‘ylab ko‘rmayapti. U moliyaviy sabablarni ro‘kach qilib yozgacha hech bir futbolchi transferini amalga oshirmoqchi emas.
«Hujum chizig‘imizda yetarlicha muammolar paydo bo‘layotgani oydek ravshan. Men barchasini hisobga olib turibman. Bitta futbolchi uchun 15-20 million sarflashga tavakkal qila olmayman», - deydi Moyes.
Eslatib o‘tamiz, maosh bilan bog‘liq kelishmovchiliklar sabab yanvarda jamoani Sebastyan Alle tark etgandi.