Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

«Men eng baxtli ayolman, baxtim siri esa…» — Oksana Chusovitina bilan eksklyuziv suhbat

«Men eng baxtli ayolman, baxtim siri esa…» — Oksana Chusovitina bilan eksklyuziv suhbat

Baho:
+ | -

Katta sport musobaqalarida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan sportchilarimiz ko‘p. Ulardan biri – yetti karra olimpiada o‘yinlarida ishtirok etgan sportchi, Tokio Olimpiadasiga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan gimnastikachimiz, xalqaro toifadagi sport ustasi, qator davlat mukofotlari sohibasi Oksana Chusovitina. Sportchimiz Olimpiada o‘yinlarida sakkizinchi bor O‘zbekiston sharafini himoya qiladi. «Zamon.uz» muxbirlari  sportchi bilan suhbatlashdi.

– Bilishimizcha, siz ayni damlarda Germaniyadasiz. Germaniyaga nima sababdan tashrif buyurdingiz?

– Ha, men ayni kunlarda Germaniyada tayyorlanyapman. Chunki biz tayyorlanadigan zal COVID markazga aylantirilgan edi. Jahon kubogiga tayyorgarlik etapi boshlanmoqda. Shu sabab bizga shunday imkoniyat yaratildi. Buning uchun O‘zbekiston olimpiya qo‘mitasiga, federasiyaga  juda yaxshi sharoitlarda tayyorgarlik ko‘rish uchun imkoniyat yaratib berishgani uchun tashakkur bildiraman. Mart oyi boshida Jahon kubogining birinchi etapi boshlanadi, bu sport  musobaqalarida men ham ishtirok etaman.

–  2020 yilda Tokio-2020 Olimpiada o‘yinlari o‘tkazilishi kerak edi. Ammo pandemiya sabab  Tokio Olimpiadasi kelgusi yilga qoldirildi. Siz ham Olimpiadada O‘zbekiston sharafini himoya qilasiz. Bizga ma’lumki, siz sakkizinchi bora Olimpiada o‘yinlarida ishtirok etasiz.

– Men olimpiada o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘ryapman. Bu katta sport o‘yinlarida  vatanim sharafini himoya qilaman.

Pandemiya sabab olimpiada boshqa vaqtga ko‘chirildi. Albatta, bundan xafa bo‘ldik. Ammo umidimizni uzmaymiz, butun dunyo pandemiyani boshidan o‘tkazyapti. Maqsad, istak, orzu bor. Men qo‘limdan kelganicha Olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘raman.

– Olimpiadadan qanday natijalarni kutyapsiz?

– Olimpiada biror natija kutish haqida hali erta. Har bir sportchi bu o‘yinlarda yuqori natijalarga erishishni  istaydi. Har bir o‘zini hurmat qiladigan sportchi singari men ham eng yuqori natijalarga erishish uchun tayyorgarlik ko‘raman.

– Tokio o‘yinlaridan so‘ng sizni yana Olimpiadalarda ko‘ramizmi?

– Yo‘q, bu mening Olimpiada o‘yinlaridagi oxirgi ishtirokim bo‘ladi. Bundan keyin O‘zbekistonda  sportni rivojlantirish bo‘yicha ish olib boraman. Klub ochishni rejalashtirganman. Unda turli yoshdagi bolalar ishtirok etishi mumkin. Shu sabab Tokio Olimpiadasi katta sportdagi so‘nggi ishtirokim bo‘ladi.

– Shogirdlar tayyorlayapsizmi? Ular sportda qanday natijalarga erishyapti? Ulardan Oksana ko‘rsatgan natijalarni kuta olamizmi?

– Ayni  paytda shogirdlar tayyorlamayapman, chunki bor e’tiborimni Olimpiadaga tayyorgalikka qaratganman.

– O‘zingiz oddiy muxlis sifatida qaysi sportchiga muxlislik qilasiz?

– Sportning bir nechta turiga ishqibozman, sevib tomosha qilaman. Shu sabab ham ayni bir sportchiga muxlislik qilmayman.  

– Siz dunyoda mashhur sportchisiz. Ammo oilada siz ham barcha kabi rafiqa, ona va oddiy  bekasiz. Sport va oilani birga olib borish qiyin kechmaydimi?

– Men juda baxtli ayolman. Turmush o‘rtog‘im har jabhada meni qo‘llab-quvvatlaydi, yordam beradi. Meni yaxshi ko‘radigan o‘g‘lim bor. Oilada muhabbat,  istak, o‘zaro tushunish bo‘lsa, oila baxtli bo‘ladi. Men juda baxtli ayol, ona, ayolman. Oilam meni doim qo‘llaydi, baxtimiz siri ana shunda deb o‘ylayman.

– Oila a’zolaringiz beka Oksana Chusovitina tayyorlagan qaysi taomni sevib iste’mol qilishadi?

– Oilamiz bilan turli shirinliklar, tortlarni sevib iste’mol qilamiz.

– Hayotda qanday shiorga amal qilasiz?

– Ertaga pushaymon qilmaslik uchun bugun harakat qil yoki urinib ko‘r degan shiorga amal qilaman.

– Saytimiz muxlislariga tilaklaringiz?

– «Zamon.uz» saytini men ham kuzatib boraman. Sayt muxlislariga mustahkam sog‘lik, ezguliklar tilayman. Sportchilarga muxlislik qilishayotgani, qo‘llab-quvvatlashlaganlari uchun tashakkur bildiraman. Muxlislariimzning ishonchini oqlashga harakat qilamiz.

Dilfuza Zaripova va Uchqun Namozov suhbatlashdi.

Manba: zamon.uz
Kiritildi: 16:01, 09.02.2021.
O'qildi: 3006 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.