Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

Ramosning jarohati «Real» uchun katta muammomi?

Ramosning jarohati «Real» uchun katta muammomi?

Baho:
+ | -

"Real Madrid" asosiy himoyachisi va jamoa sardori Serxio Ramos yaqinda operasiya qilindi. U Ispaniya superkubogi yarim finali doirasidagi Bilbaoning "Atletik" jamoasiga qarshi o‘yinda jarohat olgandi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, "El-kapitano" 6 haftadan 8 haftagacha madridliklarga yordam berolmaydi. Fevral oyi oxirlarida Chempionlar ligasi pley-off bosqichlari boshlanishini hisobga olsak, bu yo‘qotish ispan jamoasi a’zolarini ham, muxlislarini ham xursand qilmasligi aniq.

Ramos va Varan
Ispaniyalikning jarohati tufayli "Real Madrid" ikki asosiy markaziy himoyachisiz qoldi. Chunki Rafayel Varan Ramos bilan va Ramossiz o‘ynaganda ikki xil o‘yin namoyish etishini ko‘pchilik bilsa kerak. Ispaniyaliksiz o‘ynaganda, Varan doimo adashadi yoki bolalarcha xatolarga yo‘l qo‘yadi. Ha, fransuz futbolchisi Ramossiz ham yaxshi o‘ynashi mumkin, ammo asosiy o‘yinlarda emas.

Ramos va yetakchilik
Bundan tashqari, Ramos maydonga tushganida, uzoq masofadan uzatgan ajoyib to‘plari sabab jamoaning ko‘plab hujumlarini boshlab beradi. “Qaymoqranglilar” hujumning dastlabki bosqichi ham, aynan Serxio orqali boshlash osonroq. Qolaversa, Ramosning o‘rnini bosadigan himoyachi yo‘qligi ham bu muammoni kattalashtiradi. Uning sheriklari bilan o‘zaro bir-birini tushunishi va jamoaviy o‘yinni tashkil qilishda ham qolgan ko‘pgina futbolchilardan ustunroq. Ispaniyalikning yo‘qotilishi nafaqat o‘yinga, balki madridliklarning psixologiyasiga ham ta’sir qiladi, chunki Ramos maydonda haqiqiy yetakchi va sardor, aynan u qiyin o‘yinlarda hujumga o‘tib, ba’zida haqiqiy mo‘’jizalar yaratadi. Masalan, Lissabon finali. Muxlislar mazkur finaldagi "Real Madrid" jamoasini hech qachon unutmaydilar. Ispan himoyachisi hal qiluvchi gollarni urmasdan ham, butun o‘yin davomida o‘z yetakchiligini namoyish etadi. Ramossiz "Real" ba’zida qandaydir ichki kuchiga va o‘ziga bo‘lgan ishonchiga ega emasdek tuyuladi, masalan, 2018/19-yilgi mavsumda Chempionlar Ligasidagi "Ayaks"ga qarshi o‘yin. O‘shanda Serxio Ramos bilan mehmonda 2:1 hisobidagi g‘alaba qozonadi. Madridda kechgan javob uchrashuvida sharmandali 1:4 hisobida mag‘lub bo‘lgan edi. Ushbu javob bahsida Ramos ishtirok etmagan edi.

Ramos va penalti
Shuningdek, "qaymoqranglilar" muntazam penaltilarni tepadigan futbolchisidan ajralib qolishadi. U ikki yildan buyon "Real Madrid"ning  barcha penaltilarni tepmoqda, albatta bu unchalik katta muammo emas, chunki jamoada boshqa yaxshi ijrochilar ham bor, ammo tarkibdagi hech kimni penalti tepish sifati bo‘yicha Ramos bilan taqqoslay olmaymiz.

Ramos va "Real"ning o‘rtasidagi ushbu muammo yana ikki oy davom etadi. Bu katta muddat, albatta. Bu vaqt davomida "El-kapitano" ancha payt o‘yin amaliyotisiz qoladi. Ramos maydonga qaytganida vaziyat umuman teskari tomonga aylanib ketishi mumkin, chunki shu paytga kelib "Real Madrid" Chempionlar Ligasidan chiqib ketishi va barcha imkoniyatlaridan mahrum bo‘lishi mumkin. Natijada, bularning barchasi sardorning klubdan ketishiga olib kelishi mumkin. Buni esa "Real Madrid"ning hech bir muxlisi istamasligi aniq.

Jamshidjon Mahmudov tayyorladi.

Ушбу мавзу ҳақида сизнинг фикрларингиз қандай?

Kiritildi: 22:01, 09.02.2021.
O'qildi: 2673 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик