Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/03 01:00 Barselona 3-0 Osasuna
28/03 16:45 Qizilqum 1-3 OKMK
28/03 19:30 Navbahor 2-2 Andijon
28/03 20:00 Bunyodkor 3-1 Surxon
29/03 18:00 Real Sosyedad - Valyadolid
29/03 18:30 Nasaf - Neftchi
29/03 19:00 Venetsiya - Bolonya
29/03 19:00 Komo - Empoli
29/03 20:00 Mash’al - So‘g‘diyona
29/03 20:15 Espanyol - Atletiko
29/03 20:30 Paxtakor - Dinamo
29/03 22:00 Yuventus - Jenoa
29/03 22:30 Alaves - Rayo Valyekano
30/03 00:45 Lechche - Roma
30/03 01:00 Real Madrid - Leganes
30/03 15:30 Kalyari - Monsa
30/03 17:00 Xetafe - Vilyarreal
30/03 18:00 Fiorentina - Atalanta
30/03 19:15 Barselona - Jirona
30/03 21:00 Inter - Udineze
30/03 21:30 Valensiya - Malyorka
30/03 21:30 Atletik Bilbao - Osasuna
30/03 23:45 Napoli - Milan
31/03 00:00 Betis - Sevilya

Pro liganing 10-jamoasi nomi aniq bo‘ldi

Pro liganing 10-jamoasi nomi aniq bo‘ldi

Baho:
+ | -

Pro liganing 2020-yilgi mavsumida 8 klub g‘oliblik uchun kurash olib borgandi. Yakunda «Turon» Superliga yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. «Buxoro» futbol klubi esa Superligada eng kam ochko jamg‘argan klub sifatida 2021-yilni Pro ligada o‘tkazadigan bo‘ldi.

Reglamentga ko‘ra, 2020 yilgi mavsum Pro ligada so‘nggi o‘rinni egallagan klub Birinchi ligaga tushirilishi, Pro liganing ettinchi jamoasi esa Birinchi liganing ikkinchi jamoasiga qarshi o‘tish o‘yinida ishtirok etishi belgilangandi. Shunga ko‘ra, Pro ligani so‘nggi, 8-o‘rinda yakunlagan «Zomin» musobaqani tark etdi. Birinchi liga g‘olibi «Yangiyer» esa Pro liganing navbatdagi ishtirokchisiga aylandi.

Pro liganing ettinchi jamoasi «Xorazm» hamda Birinchi liganing ikkinchi jamoasi «Paxtakor-farm» o‘rtasida o‘tilishi lozim bo‘lgan bellashuv bekor qilindi. Boisi, O‘FA Ijroqo‘mining 2020-yil 28-noyabrdagi yig‘ilishida Qoraqalpog‘istonda futbolni rivojlantirish dasturi asosida «Aral» futbol klubining Pro liga musobaqasida istisno tariqasida ishtirok etishiga ruxsat berildi hamda Pro liga ishtirokchilari 2021-yilgi mavsumdan boshlab 10 ta qilib tasdiqlandi. Shundan kelib chiqib, «Xorazm» futbol klubi Pro ligadagi o‘rnini o‘tish o‘yinisiz saqlab qoldi, «Paxtakor-farm» esa o‘z-o‘zidan liganing 10-jamoasiga aylandi.

Shu yilning 3 fevral kuni «Paxtakor-farm» klubi Pro liga musobaqasida ishtirok etmasligini ma’lum qildi. O‘FA Ijroqo‘mi Byurosi esa 5 fevral kuni Milliy olimpiya qo‘mitasi qoshida tashkil etilayotgan «Olimpik» futbol klubini Pro liganing 10-jamoasi sifatida tasdiqladi. «Olimpik» futbol klubi litsenziyalash reglamenti hamda Musobaqalar o‘tkazish reglamentidagi barcha talablarni bajarish sharti bilan turnirga qo‘shiladigan bo‘ldi.

Pro liganing 2021-yilgi mavsumi uchun qur’a tashlash marosimi UzReport bilan hamkorlikda ilk marta jonli efirga olib chiqilishi rejalashtirilgan. Marosim sanasi hamda musobaqaning start oladigan kuni keyinroq ma’lum qilinadi. Quyida Pro liga ishtirokchilari to‘liq ko‘rsatilgan: «Buxoro», «Neftchi», «Sho‘rtan», «Dinamo», «Istiqlol», «Oqtepa», «Xorazm», «Yangiyer», «Aral», «Olimpik».

Manba: @uzpfl
Kiritildi: 09:20, 10.02.2021.
O'qildi: 2826 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.
MyCounter - счётчик и статистика

Топ рейтинг www.uz