Mersisaydliklar yetakchisi Dominik Kalvert-Lyuin kecha «Tottenhem»ga qarshi kubok o‘yinida (5:4) jarohat olgani ma’lum bo‘ldi.
Bu haqda klub yordamchi murabbiyi Dankan Fergyuson xabar berdi. «Dominik tizzasidan jiddiy jarohat oldi. Hozircha uning qachon safga qaytishi noma’lum. U bugun tibbiy tekshiruvdan o‘tadi va barchasi shunda aniqlashadi», - deydi Fergyuson.
Ma’lumot uchun, «irischilar»ning navbatdagi o‘yini 14 fevral sanasida «Fulhem»ga qarshi bo‘lib o‘tadi.