Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/03 00:45 Udineze 3-0 Fiorentina
03/03 01:00 Real Madrid 0-1 Xetafe
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 - Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum - Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa - Chelsi
05/03 00:30 Fulhem - Vest Xem
05/03 00:30 Brayton - Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti - Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl - Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi

«Qo‘qon-1912» o‘rtoqlik o‘yinida «So‘g‘diyona»ni mag‘lub etdi

«Qo‘qon-1912» o‘rtoqlik o‘yinida «So‘g‘diyona»ni mag‘lub etdi

Baho:
+ | -

Toshkentda yig‘in o‘tkazayotgan «Qo‘qon-1912»  bugun "To‘qimachi" stadionida "So‘g‘diyona" klubiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazdi.  Bugungi uchrashuvda murabbiylar jamoa safiga yangi qo‘shilgan futbolchilarni tekshirib olish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

O‘rtoqlik o‘yinini Murod Xolmuhammedov hamda Oybek Rustamovlar milliy terma jamoa yig‘inida bo‘lishgani uchun o‘tkazib yuborishadi. Shuningdek, qo‘qonliklarga safiga yangi qo‘shilgan Asadbek Sobirjonov ham O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi yig‘iniga chaqirilgan.

O‘yinni «Qo‘qon-1912» faol boshladi. Uchrashuvning 23-daqiqasida Muhammadanas Hasanovning uzatmasidan so‘ng, jamoa safiga yaqinda kelib qo‘shilgan Anvar Hojimirzayev kuchli zarbasi bilan "So‘g‘diyona" darvozasiga gol kiritib, o‘yindagi hisobni ochishga erishdi.

Birinchi bo‘lim yakunlanishi arafasida "So‘g‘diyona" jarima zarbasidan so‘ng hisobni tenglashtirdi.  Arslanmurot Amanovning jarimadan yo‘llagan zarbasidan so‘ng, to‘p himoyachi Bobur Akbarovga tegib darvozamiz to‘ridan o‘rin olgan edi.

Ikkinchi bo‘lim ham vodiyliklarning shiddatli hujumlari bilan boshlandi. 54-daqiqada Iqbol Malikjonov jarima zarbasini "a’lo" bahoga ijro etib, jamoani oldinga olib chiqdi.

Qolgan daqiqalarda jamoalar harchand urinmasin, boshqa gol kirita olishmadi. Shu tariqa, «Qo‘qon-1912» yig‘indagi birinchi o‘rtoqlik uchrashuvida g‘alaba qozonishdi.

O‘rtoqlik o‘yini
"Qo‘qon-1912" - "So‘g‘diyona" - 2:1
Gollar: Anvar Hojimirzayev (23), Iqbol Malikjonov (54) - Bobur Akbarov (avt,45).
"Qo‘qon-1912":  Abdullayev Muzaffar, Slavko Lukich, Bobur Akbarov, Ivan Yosovich. Aleksandr Merzlyakov, Anvar Xojimirzayev, Farhod Bekmurodov, Iqbol Malikjonov, Muhammadanas Hasanov, Shohnazar Norbekov, Mo‘min Meliyev.
Zaxira: Xurshid Xo‘jayev, Eldor Adxamov, Avazxon Mamatxo‘jayev, Ilhom Vahobov, Sardor Azimov, Sardor Yetovqo‘ziyev, Jamshid Rahmatullayev, Andrey Sidorov.
"So‘g‘diyona": Shirinboy Abdullayev, Asil Begimqulov, Iskandar Shoyqulov, Jamshid Boltaboyev, Elyor Oripov, Shahboz Jo‘rabekov, Luka Chermel, Arslanmurot Amanov, Ayubxon No‘’monov, Po Yon, Shohrux Norxonov.

Manba: https://t.me/FCKOKAND
Kiritildi: 20:57, 11.02.2021.
O'qildi: 1803 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.