“Real Sosyedad“ yarim himoyachisi Mikel Oyarsabal mashg‘ulotlarda jarohat orttirib olgan. Shu sababli ispaniyalik hujumchi 18-fevral sanasida Yevropa Ligasi doirasida kechadigan “Manchester Yunayted“ga qarshi nimchorak final uchrashuvini o‘tkazib yuborishi mumkin.
Marca tarqatgan xabarlarga ko‘ra, futbolchining tiklanish davri 2-3 haftagacha davom etishi mumkin.
Ma’lumot uchun, Oyarsabal bu mavsum La Liganing 17 o‘yinida 10 gol urib, “Sosyedad“ jamoasining to‘purarlari ro‘yxatida birinchi o‘rinda bormoqda.