Kirish Ro'yxatdan o'tish

Mbappe yoki Xoland? «Real» qaysi hujumchini sotib oladi?

Mbappe yoki Xoland? «Real» qaysi hujumchini sotib oladi?

Baho:
+ | -

"Real" yozgi transfer paytida ikki hujumchidan birini tanlashiga to‘g‘ri keladi, deya xabar tarqatdi "As" nashri.

"Qirollik klubi" Dortmundning "Borussiya" klubi hujumchisi Erling Xoland va "PSJ" forvardi Kilian Mbappeni anchadan beri kuzatib keladi. Madridliklar har ikki futbolchini qo‘lga kiritishni istaydi, ammo jamoaning moliyaviy ahvoli bunga imkon bermaydi.

Ayni paytda Xolandning transferini amalga oshirish haqiqatga yaqinroq. Chunki norvegiyalik futbolchi talab qiladigan maosh Mbappenikidan kamroq. Xoland hozir Dortmundda 8 million yevro yillik maosh olayotgan bo‘lsa, fransiyalik futbolchining yillik maoshi 22 mln yevrodan ko‘proq.

Har ikkala futbolchi "Real"ga ko‘chib o‘tishga qarshi emas. Moliyaviy qiyinchilikni boshidan o‘tkazayotgan "Borussiya" esa Erlingni sotishi mumkin.

"PSJ" hozirda Kilianga yangi shartnoma taklif qilmoqda. "Madrid" esa futbolchiga bunday shartnoma taklif qila olmaydi.

Manba: soccernews.ru
Kiritildi: 09:11, 12.02.2021.
O'qildi: 9266 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.