Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/05 00:00 Everton 3-3 Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya 1-0 Real Sosyedad
05/05 23:59 Arsenal 1-0 Atletiko
06/05 23:59 Bavariya - PSJ

O‘zbekiston terma jamoasi «Zenit»ga yirik hisobda yutqazdi

O‘zbekiston terma jamoasi «Zenit»ga yirik hisobda yutqazdi

Baho:
+1 | -

O‘zbekiston terma jamoasi 12 fevral, juma kuni BAAning Dubay shahrida Rossiyaning «Zenit» klubiga qarshi nazorat uchrashuvi o‘tkazdi.

Uchrashuvning 17-daqiqasida Andrey Mostovoy piterliklarni oldinga olib chiqdi. Ikkinchi bo‘limda O‘zbekiston terma jamoasi darvozasi yana uchta bor ishg‘ol etildi.

52-daqiqada Stanislav Krapuxin jamoasining ikkinchi golini urgan bo‘lsa, 68-daqiqada Mostovoy dublni nishonlagan holda hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi. 80-daqiqada Danil Shamkin yakuniy hisobni o‘rnatdi — 0:4.

Nazorat uchrashuvi
12 fevral, juma
O‘zbekiston — «Zenit» (Rossiya) 0:4
Gollar: 0:1 – 17 Mostovoy, 0:2 – 52 Krapuxin, 0:3 – 68 Mostovoy, 0:4 – 80 Shamkin.
O‘zbekiston: Abduvohid Ne’matov, Hojiakbar Alijonov (Murod Xolmuhammedov, 62), Islom To‘xtaxo‘jayev, Islom Qobilov (Igor Golban, 76), Farruh Sayfiyev, Lutfulla To‘rayev (Akmal Mozgovoy, 36), Odiljon Hamrobekov (Nurillo To‘xtasinov, 71), Sanjar Qodirqulov, Vagiz Galiulin (Aziz Turg‘unboyev, 36), Oybek Bozorov (Hojimat Erkinov, 36), Temurxo‘ja Abduxoliqov (Mirjahon Mirahmadov, 62).

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 15:48, 12.02.2021.
O'qildi: 5662 marta.
Fikrlar: 13 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик