Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK
07/03 00:45 Napoli - Torino
07/03 01:00 Selta - Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad

“Olimpik” jamoasining mavsumoldi tashkiliy masalalari muhokama qilindi

“Olimpik” jamoasining mavsumoldi tashkiliy masalalari muhokama qilindi

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, futbol bo‘yicha Olimpiya terma jamoamizning Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma olishini ta’minlash uchun hozirdan amaliy ishlar boshlab yuborilgan. Bu borada MOQ koshida “Olimpik” jamoasi shakllantirildi.

Bugun MOQ va O‘FA rahbariyati, “Olimpik” jamoasi vakillari o‘rtasida tashkiliy masalalarga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda MOQ raisi Rustam Shoabdurahmonov, Jismoniy tarbiya va sport vazirining hamda O‘zbekiston futbol assosiasiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Ravshan Ermatov, MOQ raisi o‘rinbosari Saken Polatov, «Paxtakor» futbol klubi bosh direktori Dmitriy Adisman, “Olimpik” FK bosh direktori Alisher Polatov va jamoa bosh murabbiyi Timur Kapadzelar ishtirok etishdi.



Dastavval, Timur Kapadze mavsumga olib borilayotgan tayyorgarlik, jamoaga jalb qilingan futbolchilar haqida ma’lumot berdi. Shundan so‘ng MOQ raisi mavsumning ochilish o‘yiniga tayyorgarlik bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berib o‘tdi.

“Mavsum boshida jamoamizni tanishtirish uchun matbuot anjumani tashkil qilsak. Qolaversa, ilk uy uchrashuvini yuqori saviyada tashkil qilish bo‘yicha ham bir qator dasturlarni ko‘rib chiqishimiz lozim. Fursatdan foydalanib, o‘zbek futbolining rivoji uchun yosh futbolchilarni «Olimpik» jamoasiga qo‘yib yuborishga rozi bo‘lgan bir qator klublarimizga minnatdorchilik bildirib o‘tmoqchimiz. Asosiysi, bizning tashabbusimizni hukumatimiz qo‘llab-quvvatlamoqda”, – dedi MOQ raisi.

Shuningdek, suhbat davomida jamoaning vaqtinchalik bazasi joylashadigan “JAR” sport majmuasining imkoniyatlaridan to‘liq foydalanish, uning foydalanilmayotgan hududlarida yuqori sifatli sun’iy maydonlarni qurish, futbolchilar bilan tuziladigan shartnomalarni batafsil o‘rganib chiqish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi. Eslatib o‘tamiz, «Olimpik» jamoasi 2021 yil futbol bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining Pro-ligasida ishtirok etadi.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 18:15, 12.02.2021.
O'qildi: 3054 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.