Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

«Bunyodkor» bir necha futbolchilar bilan shartnomalar imzoladi

«Bunyodkor» bir necha futbolchilar bilan shartnomalar imzoladi

Baho:
+ | -

Kecha Ravshan Yagudin va Sunnatilla Abdullajonov 2021 yilgi mavsumda «Bunyodkor» libosida to‘p surishi haqida ma’lumot bergandik. Bugun yana besh nafar futbolchi faoliyatini rasman jamoa bilan bog‘ladi.
 
Tajribali hujumchi Shahboz Erkinov 2021 yilgi mavsumda ham «Bunyodkor» sharafini himoya qiladigan bo‘ldi. 2020 yilgi mavsum avvalida jamoamizga kelib qo‘shilgan futbolchi 6ta goli bilan «Bunyodkor»ning g‘alabalariga o‘z hissasini qo‘shdi.
 
Shuningdek, «Bunyodkor» akademiyasi tarbiyalanuvchilari Bilol Tupliyev, Jahongir O‘rozov, Asad Qahhorjonov, Tohir To‘xtasinov bilan ham shartnomalar imzolandi. Aytish kerak, Bilol Tupliyev o‘tgan mavsum Ivan Boshkovich murabbiylik qilgan, Toshkent shahar chempionatida ishtirok etgan jamoamiz safida to‘p surgan. Jahongir O‘rozov, Asad Qahhorjonov va Tohir To‘xtasinov «Bunyodkor» akademiyasida Mirkamol Qosimov murabbiyligidagi 2004 yilgi guruhning yetakchilari, qolaversa, o‘tgan mavsum Toshkent shahar birinchiligida qatnashgan «Bunyodkor U-18» jamoasi a’zolari hisoblangan. Ivan Boshkovich va Mirkamol Qosimov shogirdlari endi o‘rinbosarlar a’zosiga aylandi va bosh murabbiy Abduhamid Qodirov qo‘l ostida to‘p suradigan bo‘ldi. Aytmoqchimizki, «Bunyodkor» akademiyasidagi o‘ziga xos «zanjir» saqlanib qolindi.
 
Ushbu to‘rt nafar tarbiyalanuvchi hali 18 yoshni qarshilamagani sababli Reglamentga ko‘ra, ularning ota-onasi ishtiroki va guvohligida shartnoma imzolandi.
 
MA’LUMOT UCHUN
SHAHBOZ ERKINOV
Tug‘ilgan sanasi: 16.07.1986 yil
Tug‘ilgan joyi: Toshkent shahri
«Paxtakor» futbol maktabi tarbiyalanuvchisi
Ampluasi: hujumchi
 
FAOLIYATI
2003-2004 yillar «Paxtakor» (o‘rinbosarlar)
2005 yil «So‘g‘diyona»
2006 yil «Sho‘rtan»
2007 yil «Paxtakor»
2008 yil 1-davra «So‘g‘diyona»
2008-2010 yillar 1-davra «Pas» (Eron)
2010-2011 yillar «Sho‘rtan»
2012 yil «Paxtakor»
2013 yil AGMK
2014-2015 yillar «Navbahor»
2016 yil 1-davra «Mash’al»
2016-2017 yillar «Nasaf»
2018 yil «Buxoro»
2019 yil «Qo‘qon-1912»
2020 yildan «Bunyodkor»

Manba: fcbunyodkor.com
Kiritildi: 22:56, 13.02.2021.
O'qildi: 2512 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.