Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem - Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK
07/03 00:45 Napoli - Torino
07/03 01:00 Selta - Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad

Bektemir Meliqo‘ziyev prof boksdagi 7-jangida amerikalik raqibini 3-raunddayoq nokautga uchratdi (video)

Bektemir Meliqo‘ziyev prof boksdagi 7-jangida amerikalik raqibini 3-raunddayoq nokautga uchratdi (video)

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Professional boksning super o‘rta vazn (-76,2 kg) toifasida ringga chiqayotgan o‘zbekistonlik Bektemir Meliqo‘ziyev (7-0, 6 KO) 14 fevral, yakshanba tongida o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazdi.

AQSHda bo‘lib o‘tgan ushbu jangda Bektemirga mezbon sportchi Morgan Fitch (19-5-1, 8 KO) raqiblik qildi. Jang 8 raundga mo‘ljallangandi. Biroq to‘qnashuv 3-raunddayoq yakuniga yetdi. Bektemir dastlabki ikki raundda Fitchning tana qismiga og‘riqli zarbalar yo‘lladi. Uchinchi raundda esa o‘zbekistonlik bokschining raqibning tana qismiga yo‘llagan navbatdagi zarbasi chuqur nokaut holati uchun yetarli bo‘ldi.

Shu tariqa, Bektemir Meliqo‘ziyev professional boksdagi yettinchi jangdagi yettinchi g‘alabasini tantana qildi. Fitch uchun esa bu faoliyatidagi beshinchi mag‘lubiyat bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur musobaqada yana bir o‘zbekistonlik bokschi Elnur Abduraimov ham jang qilishi belgilangandi. Biroq uning raqibi Deyvi Xulio belgilangan muddatga qadar komissiya tasdig‘idan o‘ta olmagani bois jang bekor qilingan.

Eslatib o‘tamiz, Bektemir Meliqo‘ziyev aslida 30 yanvar kuni yarim og‘ir vazn toifasida WBA Super, IBF, WBO chempionlik kamarlarining sobiq sohibi, rossiyalik Sergey Kovalyov (34-4-1, 29 KO) bilan jang qilishi lozim edi. Biroq Kovalyovda doping aniqlangani bois jang bekor qilingandi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 08:22, 14.02.2021.
O'qildi: 10538 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.