«Man Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jamoa yetakchilaridan biri Kevin De Bryuyne sog‘ligi haqida gapirdi.
«Hozircha Kevinning ahvoli ancha yaxshi. U kelasi hafta katta ehtimol maydonga qaytadi. U juda jarohatga moyil futbolchi.
Uning bir necha yil oldin olgan muskullaridagi jarohat haliyam bitmagan. Shu sababli men ertaga tavakkal qilmoqchimasman», - deydi Pep.
Eslatib o‘tamiz, De Bryuyne «Aston Villa»ga qarshi Premyer-liganing qoldirilgan o‘yinida jarohat olgan edi.