Londonning «Arsenal» klubi hujumchisi Pyer Emerik Obameyang «Lids»ga qarshi o‘yindagi (4:1) holati haqida gapirdi.
«Farzandlarim ushbu o‘yindan esdalik uchun bergan to‘pimdan ancha sevinishdi. Men natijadan yuz foiz qoniqdim. Bu xet-trik men uchun juda muhim edi.
Chunki shuncha mehnatimga yarasha oxiri samarali natijaga erishishimni aniq bilar edim. Meni qo‘llab quvvatlagan jamoadoshlarim va oilamga katta rahmat», - deydi gabonlik futbolchi.
Eslatib o‘tamiz, Obameyang joriy mavsum o‘z hisobiga 8 ta gol yozib qo‘yishga muvaffaq bo‘ldi.