Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina 1-2 Udineze
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo

Otabek G‘ulomxo‘jayev: «Hozirgi mag‘lubiyatlardan xavotirga tushayotganim yo‘q»

Otabek G‘ulomxo‘jayev: «Hozirgi mag‘lubiyatlardan xavotirga tushayotganim yo‘q»

Baho:
+ | -

"Andijon" bosh murabbiyi Otabek G‘ulomxo‘jayev bilan yakunlangan yig‘in haqida intervyu olib bordik.

— Avvaliga «Andijon» jamoasi yig‘inni 17 fevral kuni yakunlashi kerak edi, ammo yig‘in 2 kun avval yakunlandi. Buning sababi nimada?
— Ushbu yig‘inni muddatidan oldin yakunlaganimizning sababi — biz rejadan ko‘ra ko‘proq o‘yin o‘tkazishga majbur bo‘ldik. Ushbu nazorat uchrashuvlarini o‘tkzashidan ko‘zlangan maqsadimiz yig‘inga taklif qilingan futbolchilarni ko‘rikdan o‘tkazish va mashg‘ulotlarda ko‘zlangan taktik usullarni o‘yinda ham ko‘rib olish edi. Ba’zi bir o‘tkazgan o‘yinlarimiz ko‘rikka kelgan futbolchilarni ko‘rib olib uchun kerak bo‘ldi.

Yig‘in muddatidan oldin yakunlanganini yana bir sababi o‘yinlar soni ko‘payib ketdi va olti nafar futbolchilarimiz jarohat olishdi. Ushbu jarohatdagi futbolchilar safga qaytishi uchun biroz vaqt kerak bo‘ladi, shu sabab biz rejadan biroz chetga chiqqan xolda yig‘inni 2kun erta yakunlashga majbur bo‘ldik.

Avvaliga Superliganing yangi mavsumi 24 fevral kuni boshlanishi haqida taxminlar paydo bo‘lgan edi, keyingisi esa 3 mart kuni boshlanishi haqida xabarlar chiqdi, shundan so‘ng Superliganing yangi mavsumi 9 mart kuni start olishi oydinlashdi. Biz shundan kelib chiqqan xolda ushbu yig‘inni futbolchilarga biroz dam berish maqsadida ikki kun oldin yakunlashga qaror qildik.

Aslida ushbu yig‘in Andijonda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan edi, ammo Andijonda bizga sparring raqib yo‘qligi sababli yig‘inni Toshkentda davom ettirishga qaror qildik.

— Ushbu yig‘in davomida tarkibga yana futbolchilar jalb qilish rejada bormi?
— Jamoa safiga aniq shartnoma uchun keladigan legioner futbolchilar bor. Hozirda ushbu futbolchilar bilan muzokaralar yakuniy bosqichga yetib qolgan. Shartnoma asosida jamoaga hujumchi, pleymeyker va himoyachi tashrif buyuradi. Shuningdek, bir qator mahalliy futbolchilar bilan ham muzokaralar yakuniy bosqichga yetib kelgan. Ushbu futbolchilar yig‘inning to‘rtinchi bosqichi davomida jamoamiz safiga kelib qo‘shiladi.

Yig‘inning so‘ngi bosqichi Andijon shahrida bo‘lib o‘tadi. So‘ngi yig‘inga ko‘rik uchun hech qanday futbolchi tashrif buyurmaydi. Ushbu yig‘in faqat o‘zimizning o‘yin uslubimizni shakllantirishga qaratiladi.

— Bo‘lib o‘tgan yig‘indan ko‘nglingiz to‘ldimi?
— Chiziqlar bo‘yicha aytsam, markaziy yarim himoyachilardan biroz ko‘nglim to‘ldi, ammo yana ishlash kerak bo‘lgan joylari bor. Hozirgi paytda bizda og‘riqli nuqta bu — himoya chizig‘i. Futbolchilarni hali asosiy tarkib futbolchisi deya olmayman, har bir nuqtada o‘ziga yarasha raqobat bo‘lishi kerak. Xudo xohlasa, himoya chizig‘iga ikki nafar futbolchi kelib qo‘shiladi. Himoyadagi xatolarni ko‘rib chiqib, xatolardan to‘g‘ri xulosa qilib ishlashda davom etamiz.

Aslida men hujumkor o‘yin tarafdoriman, hujumkor o‘yinni yaxshi ko‘raman. Ammo, hujumkor o‘yinda gol urib turish uchun bir-biriga raqobat qilib turadigan yaxshi hujumchilar bo‘lishi kerak. Hozirgi kunda hujum chizig‘idan ham biroz ko‘nglim to‘lmayapti. Shu sabab hujum chizig‘iga ikki nafar futbolchi kelishi kutilmoqda.

Maydon markazidan ko‘nglim to‘q lekin raqobat uchun maydon markaziga ham legioner futbolchi kelishi rejada bor va bundan tashqari O‘zbekistonda o‘ziga yarasha nom qozongan futbolchi bilan muzokara olib bormoqdamiz. Umid qilamizki, sog‘lom raqobatga vujudga keladigan yaxshi jamoa vujudga keladi.

Hozirgi mag‘lubiyatlardan xavotirga tushayotganim yo‘q. Jamoa to‘g‘ri yo‘lda ketmoqda. O‘yinlarda legioner futbolchilarni va ko‘rikdagi futbolchilarni tekshirib oldik. Shu sababli o‘yinlarimiz balkim ijobiy natija bilan yakun topmagandir. Yig‘in davomida o‘tkazgan o‘yinlarimizning barchasi har xil ruhda kechdi. Ham ijobiy, ham salbiy natijalar bo‘ldi. Shuning uchun muxlislar xavotirga tushishmasligini so‘rab qolaman.

Men tanqidiy fikrlarga to‘g‘ri qarayman. Tanqid bu yaxshi narsa, xar bir tanqidiy fikrdan to‘g‘ri xulosa chiqarish kerak. E’tiroz o‘rinli bo‘lsa bundan to‘g‘ri xulosa chiqaramiz.

— Keyingi yig‘inda qaysi jamoalar bilan nazorat uchrashuvlari bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan?
— Keyingi yig‘inda «Nasaf» va «Bunyodkor» jamoalari bilan o‘ynashimiz aniq. Shuningdek, yana ikki nafar jamoa bilan o‘yin o‘tkazish rejada bor. Ushbu yig‘in 17 fevral sanasidan 27 fevralgacha bo‘lib o‘tadi. Shundan so‘ng, jamoamiz Andijon shahrida yig‘ilib yangi mavsumga tayyorgarlikning so‘ngi bosqichini Andijonda davom ettiramiz.

— «Andijon»ni «Turon»ga qarshi bahsda andijonlik muxlislar bevosita o‘yingohdan turib qo‘llab quvvatlashdi va ushbu bahsda «Andijon» ishonchli tarzda raqibini mag‘lub etdi. Ushbu g‘alabaga muxlislarning daldasi o‘z hissasini qo‘shdimi?
— Albatta! Muxlislarning qo‘llab quvvatlashi oddiy nazorat uchrashuvida ham juda ham kuchli dalda bo‘ldi. «Turon» bilan bahsda kam sonli muxlislar tashrif buyurgan bo‘lishsa ham ajoyib muhitni yaratib berishdi, bundan juda ham minnatdorman. Jamoamizni rasmiy o‘yinlarda ham shunday tarzda qo‘llab quvvatlashlariga ishonaman, muxlislarning qo‘llab quvvatlashi jamoamizga kerak. Muxlislarsiz futbol, futbol emas. Umid qilamanki, muxlislar bizni qo‘llab-quvvatlashda davom etadi.

Manba: https://t.me/fcandijan
Kiritildi: 08:45, 15.02.2021.
O'qildi: 2369 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.