Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/12 00:30 Arsenal 2-0 Brentford
04/12 00:30 Brayton 3-4 Aston Villa
04/12 00:30 Byornli 0-1 Kristal Pelas
04/12 00:30 Vulverhempton 0-1 Nottingem Forest
04/12 01:15 Lids 3-1 Chelsi
04/12 01:15 Liverpul 1-1 Sanderlend
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona

Fernando Moryentes «Bunyodkor»ga tashrif buyurdi

Fernando Moryentes «Bunyodkor»ga tashrif buyurdi

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, kecha ispaniyalik mashhur futbol yulduzi Fernando Moryentes «Oq-tepa» futbol klubining tashabbusi va taklifiga ko‘ra, yurtimizga tashrif buyurdi.

Bugun esa, sobiq hujumchi «Bunyodkor» mehmoni bo‘ldi. Martabali mehmonga O‘FAning birinchi vise-prezidenti Ravshan Ermatov, Faxriylar kengashi raisi To‘lagan Isoqov va «Bunyodkor» futbol klubi direktori Ulug‘bek Mirzayev hamrohlik qildi. Fernando Moryentes dastavval «Bunyodkor» stadioni bilan yaqindan tanishdi, muzeyni ko‘zdan kechirdi. So‘ng «Bunyodkor» akademiyasida tarbiyalanuvchilarimiz, Toshkent shahar futbol akademiyasida ta’lim olayotgan bolalar hamda murabbiylik kurslarida o‘qiyotgan yosh umidli mutaxassislar bilan uchrashib, ularni qiziqtirgan bir qator savollariga javob qaytardi. Tadbir yakunida Ravshan Sayfiddinovich martabali mehmonga O‘FAning estalik sovg‘alarini topshirdi. Ulug‘bek Abdusattorovich esa, Fernando Moryentesga an’analarimizga xos va mos bo‘lgan zarbof to‘n kiydirdi. Shu tariqa ispaniyalik futbol yulduzini «Bunyodkor»ga tashrifi o‘z nihoyasiga yetdi.

Manba: fcbunyodkor.com
Kiritildi: 07:36, 16.02.2021.
O'qildi: 4938 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.