Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina 1-1 Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

«Navbahor» rahbariyati murabbiylar bilan yig‘ilish o‘tkazdi

«Navbahor» rahbariyati murabbiylar bilan yig‘ilish o‘tkazdi

Baho:
+ | -

“Navbahor” PFK rahbariyati, jumladan, klub vise-prezidenti Otabek Arifovich Samatovning tashabbusi bilan iqtidorli va yosh futbolchilarga e’tibor qaratish maqsadida, har hafta “Navbahor”ning maslahatchi-murabbiyi, shuningdek, farm, U-21 yoshlar hamda U-18 jamoalari murabbiylari o‘rtasida yig‘ilish o‘tkazish yo‘lga qo‘yildi.     

Bugun “Navbahor” jamoasi uy uchrashuvlarini o‘tkazadigan “Markaziy” o‘yingohda navbatdagi yig‘ilish o‘tkazildi.

Unda klub vise-prezidenti Otabek Samatov, “Navbahor”ning maslahatchi-murabbiyi, tajribali mutaxassis Viktor Jalilov, “Navbahor–farm” jamoasi bosh murabbiyi Rashid G‘ofurov, “Navbahor – U-21” yoshlar jamoasi murabbiylari – Usmon Asqaraliyev va Alisher Mahmudov, “Navbahor – U-18” jamoasi murabbiyi A’zam Rajabbayev ishtirok etishdi.  

Yig‘ilish davomida klub vise-prezidenti Otabek Samatov “Navbahor”ning barcha toifadagi murabbiylari viloyatimizdagi iqtidorli hamda mahoratli futbolchilarga ko‘proq e’tibor qaratishlari, bu borada bahamjihatlikda, o‘zaro birlikda, fikr almashgan holda ish olib borishlari lozimligini ta’kidladi.

Murabbiylar ham Otabek Arifovichning fikrlariga qo‘shilgan holda, Namangan iqtidorli futbolchilarga boy viloyat ekanligi, ularning iqtidorlarini to‘g‘ri yo‘naltirish lozimligi, “Navbahor” jamoalaridagi ayrim  futbolchilar O‘zbekiston terma jamoalariga nomzod ekanliklari, ularning mahoratlaridan oqilona foydalanish kerakligi borasida o‘z mulohazalarini bildirishdi.

Jumladan, bu borada Viktor Jalilov ham o‘z fikrini bildirib, iqtidorli va yosh futbolchilarni o‘z yoshlari bo‘yicha saralab olish kerakligi, ular asosiy jamoa tarkibidan joy olish uchun “Navbahor”ning U-18, U-21 yoshlar hamda farm jamoalarida o‘ynagan holda, ya’ni bosqichma–bosqich o‘z mahoratlarini oshirishlari lozimligini ta’kidlab o‘tdi.

Shuningdek, Usmon Asqaraliyev ham iqtidorli va yosh futbolchilarga ko‘proq e’tibor qaratish lozimligi, ularni “Navbahor”ning farm, U-18, U-21 yoshlar jamoalariga ko‘proq jalb etish borasida o‘z fikrini bildirdi.   

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Manba: pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 18:07, 16.02.2021.
O'qildi: 2298 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик