Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/01 00:45 Atalanta 2-0 Torino
11/01 01:00 Valensiya 1-1 Elche
11/01 16:30 Xitoy 1-0 Avstraliya
11/01 16:30 Lechche 1-2 Parma
11/01 18:00 Rayo Valyekano 2-1 Malyorka
11/01 19:00 Tailand 1-1 Iroq
11/01 19:00 Fiorentina 1-1 Milan
11/01 20:15 Levante 1-1 Espanyol
11/01 22:00 Verona 0-1 Lasio
12/01 00:45 Inter 2-2 Napoli
12/01 21:30 Saudiya Arabistoni - Vyetnam
12/01 21:30 Iordaniya - Qirg‘iziston
12/01 22:30 Jenoa - Kalyari
13/01 00:45 Yuventus - Cremonese
13/01 01:00 Sevilya - Selta
13/01 16:30 O‘zbekiston - Janubiy Koreya
13/01 16:30 Eron - Livan
13/01 21:30 Yaponiya - Qatar
13/01 21:30 BAA - Suriya

Davron Kabulov Vadim Abramov va Aziz Haydarovga chorlov tashladi

Davron Kabulov Vadim Abramov va Aziz Haydarovga chorlov tashladi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Teleboshlovchi, «Million» kulgi jamoasi yetakchisi Davron Kabulov sobiq futbolchi va hozirda O‘zbekiston futbol assosiasiyasi (O‘FA) terma jamoalar markazida faoliyat yuritayotgan Aziz Haydarovning gaplariga munosabat bildirdi.

"Haydarovning gapi bo‘yicha, uning savolidan keyin men «aaa...» deb qolgan emishman. Futbolchi boshlovchiga, ayniqsa menga savol bersa, men «aaa...» deb qolishimga ishonasizmi?

To‘g‘risi bunga yengil qaradim. Biz har konsertimizda futbolchilarni hazil qilamiz, ular ham bir gapiribdi-da, deb qo‘ydim. Ammo aslida u suhbat Haydarov aytgandek bo‘lmagan.

Aziz Haydarov — terma jamoalar markazini rahbari. Lekin u o‘z joyida katta narsalarni hal qiladi deb o‘ylamayman. Fikrimcha, hal qiladigan odamlar ichida Haydarov yo‘q.

«Keling, avval murabbiylikka o‘qimaysizmi?», deganda men shunday javob qaytarganman: «Biz Alisher Uzoqov bilan rostdan ham Jismoniy tarbiya institutida o‘qimoqchimiz». «Yaxshi, avval kelinglar-da, murabbiylikka o‘qinglar», degan gap bo‘lgan.

«Aaa...». O‘zbekiston terma jamoasi Avstraliyaga 0:6 hisobida yutqazganda, o‘sha tarkibda bo‘lgan Aziz Haydarov «aaa...» qilgan bo‘lishi mumkin", — dedi Davron Kabulov.

Shuningdek, Kabulov Haydarov va O‘zbekiston terma jamoasi murabbiylar shtabiga o‘ziga xos chorlov tashladi.

«Aziz Haydarov xohlasa, bir taklifim bor. Misol uchun, terma jamoa yig‘ini bo‘lgan vaqtda Vadim Abramov va Aziz Haydarov terma jamoaning asosiy tarkibini olsin. Men o‘zim murabbiylar shtabi tuzaman va terma jamoaga chaqirilmagan, O‘zbekiston chempionatida o‘ynaydigan, o‘zim terma jamoaga munosib deb bilgan futbolchilardan iborat tarkib tuzaman. Agar xohlashsa, Sport-TV telekanalida namoyish qilishsin», — deydi Kabulov.

Eslatib o‘tamiz, Kabulov 2017 yilda O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyligini so‘rab murojaat yo‘llagan va milliy terma jamoani mundialga olib chiqishiga ishonishini aytgandi. Avvalroq Aziz Haydarov Kabulov bilan uchrashganda unga biror yoshroq jamoani berishga tayyorligi aytgani, biroq Kabulov javob qaytara olmay qolgani haqida ma’lum qilgandi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 09:46, 18.02.2021.
O'qildi: 10799 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.