Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/04 23:45 Roma 3-0 Piza
11/04 00:00 Vest Xem 4-0 Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid 1-1 Jirona
11/04 16:30 Arsenal 1-2 Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad 3-3 Alaves
11/04 18:00 Kalyari 1-0 Cremonese
11/04 18:00 Torino 2-1 Verona
11/04 19:00 Brentford 2-2 Everton
11/04 19:00 Byornli 0-2 Brayton
11/04 19:15 Elche 1-0 Valensiya
11/04 21:00 Milan 0-3 Udineze
11/04 21:30 Liverpul - Fulhem
11/04 21:30 Barselona - Espanyol
11/04 23:45 Atalanta - Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko
12/04 15:30 Jenoa - Sassuolo
12/04 16:00 Navbahor - Surxon
12/04 17:00 Dinamo - Lokomotiv
12/04 17:00 Osasuna - Betis
12/04 18:00 Parma - Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas - Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest - Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend - Tottenhem
12/04 18:15 Andijon - OKMK
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal

«Qo‘qon-1912» nazorat o‘yinida g‘alabaga erishdi

«Qo‘qon-1912» nazorat o‘yinida g‘alabaga erishdi

Baho:
+ | -

Bugun poytaxtdagi NBU stadionida "Qo‘qon-1912" hamda "Surxon" jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Mazkur o‘yinda qo‘qonliklar 2:0 hisobida g‘alaba qozonishdi.

Bugun "Qo‘qon-1912" safida yaponiyalik yarim himoyachi Tatsuro Nagamatsu harakat qildi. Ushbu futbolchi o‘tgan mavsumni Latviya superligasi vakili bo‘lgan "Daugavpils" jamoasida o‘tkazgan.

Bellashuv kutilganidek, vodiyliklarning faolligi bilan boshlandi. 15-daqiqada Asadbek Sobirjonov o‘ng qanotdan yaxshi uzatmani amalga oshirgan edi. Raqib himoyachilari vaziyatni o‘qiy olishdi. 25-daqiqada Norbekov tezkorlik bilan qarshi hujumga o‘tib ketgan edi. Uning so‘nggi zarbasi biroz kuchsiz chiqdi. Tanaffusga jamoalar nursiz durang bilan chiqib ketishdi.

Ikkinchi taym "Qo‘qon-1912" uchun omadli boshlandi. 49-daqiqada burchak zarbasidan Hojimirzayevning uzatmasini Ivan Yosovich boshi bilan raqib darvozasiga joylab qo‘ydi.

Uchrashuvning so‘nggi daqiqasida Anvar Hojimirzayev raqib darvozasiga kuchli zarba yo‘llagan edi. Darvozabon qaytardi. Qaytgan to‘pga birinchi bo‘lib yetib borgan Rahmatullayev esa bo‘sh qolgan darvozani ishg‘ol qildi. Rahmatullayev ikkinchi bo‘limda zaxiradan maydonga tushgan edi. Shu tariqa, Toshkentdagi yig‘in doirasida navbatdagi bahsda ham "Qo‘qon-1912" raqibidan ustun keldi.

O‘rtoqlik o‘yini
"Qo‘qon-1912" - "Surxon" 2:0 (0:0)
Gollar: Ivan Yosovich (49), Jamshid Rahmatullayev (90)
"Qo‘qon-1912": Xurshid Xo‘jayev, Slavko Lukich, Bobur Akbarov, Ivan Yosovich, Avazxon Mamatxo‘jayev, Muhmmadanas Hasanov, Farhod Bekmurodov, Tatsuro Nagamatsu, Asad Sobirjonov, Mo‘min Meliyev, Shohnazar Norbekov.
Zaxira: Muzaffar Abdullayev, Eldor Adhamov, Yakuba Bamba, Ilhom Vahobov, Iqbol Malikjonov, Anvar Xojimirzayev, Sardor Azimov, Sardor Yetovqo‘ziyev, Jamshid Rahmatullayev, Bekzod Xamidov.

Manba: https://t.me/FCKOKAND
Kiritildi: 23:00, 18.02.2021.
O'qildi: 4210 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик