Angliyaning «Everton» klubi yetakchilaridan biri Dominik Kalvert-Lyuin tizzasidan olgan jarohatidan to‘liq tiklangan.
Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda. Futbolchi «irischilar»ning so‘nggi ikki o‘yinini o‘tkazib yuborgan edi. Endi u «Liverpul»ga qarshi derbida maydonga tushishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Kalvert-Lyuin «Tottenhem» bilan uchrashuvda jarohat olgan edi.