Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Sport jamoatchiligi vakillari Axbor Imomxo‘jayevni tavallud ayyom bilan qutladi

Sport jamoatchiligi vakillari Axbor Imomxo‘jayevni tavallud ayyom bilan qutladi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Avval xabar berganimizdek, futbolimiz faxriysi, sport jurnalistikasi darg‘asi, o‘zbek sharhlovchiligi asoschisi Axbor Imomxo‘jayev bugun 85 yoshni qarshi oldi.

Axbor Rustamovich Imomxo‘jayev 1936 yil 19 fevral kuni Toshkentda tavallud topgan. Umrini o‘zbek sportiga baxshida qilgan ushbu inson zamonaviy o‘zbek sport jurnalistikasining asoschilaridan biridir.

Butun umri davomida ommaviy sport targ‘iboti bilan mashg‘ul bo‘lgan. Futbol sohasida ko‘plab kitoblar muallifi. Faoliyati davomida futbol uchrashuvlarida hakamlik qilib, Respublika toifasidagi hakam darajasigacha yetib borgan. 10 yil davomida O‘zbekistonning eng yaxshi hakamlari qatorida bo‘lgan. «Paxtakor» futbol klubida jamoa boshlig‘i lavozimida ishlagan. O‘zbekiston televideniyesida sport tahririyati sharhlovchisi, bo‘lim mudiri va bosh muharrir lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan. Uning qalamiga mansub “Futbol – quvonchim, dardim, faxrim”, “Maftuningman, futbol” va “O‘zbegimning Mirjaloli”, o‘zbek futbolining 100 yilligiga bag‘ishlab “Asr futbolidagi asl qadrdonlarim” kabi kitoblari futbol muxlislarida katta qiziqish bilan kutib olingan va hozirgacha sevib mutolaa qilinadi. Axbor ota o‘zbek sporti rivojiga qo‘shgan hissasi uchun hukumatimiz tomonidan «Shuhrat» medali, "O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiyi" faxriy unvoni bilan taqdirlangan. Shuningdek, Turon fanlar akademiyasining akademigi va O‘zbekiston jurnalistlarining “Oltin qalam” milliy mukofoti sovrindori hisoblanadi.

Bugun ushbu insonni qutlug‘ yosh bilan qutlash futbol va sport jamoatchiligi vakillari Axbor Imomxo‘jayevning xonadoniga tashrif buyurdi va ularni tavallud ayyom bilan tabrikladi. MOQ prezidenti Rustam Shoabdurahmonov, O‘FA birinchi vise-prezidenti Ravshan Ermatov, MOQ bosh kotibi Oybek Kasimov, O‘zbekiston sport faxriylari kengashi raisi Bahodir Maxsitov, O‘FA Faxriylar kengashi raisi To‘lagan Isoqov shuningdek, MOQ va O‘FAning bir qator vakillari Axbor otani qutlab, ularga sog‘lik-salomatlik tiladi hamda esdalik sovg‘alarini topshirdi.

O‘z navbatida ustoz sharhlovchi tashrif buyurganlarga tashakkur bildirgan holda, sportimiz va futbolimiz yanada yuksalishi yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlar rivojini tilab, duo qildi.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 14:33, 19.02.2021.
O'qildi: 2845 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.