Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/04 18:00 Lokomotiv - Navbahor
17/04 19:00 OKMK - Buxoro
17/04 20:15 Surxon - Qizilqum
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi - Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al - Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor - Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted

O‘zbekiston Superkubogi uchrashuviga Samarqand shahri mezbonlik qiladi

O‘zbekiston Superkubogi uchrashuviga Samarqand shahri mezbonlik qiladi

Baho:
+ | -

“2021 yilgi mavsumda O‘zbekiston Professional futbol ligasi tomonidan o‘tkaziladigan musobaqalar reglamenti”ning 22.3-bandiga asosan shu yilning 6 mart sanasida O‘zbekiston Superkubogi uchun uchrashuv o‘tkaziladi. Unda mamlakat chempioni sifatida “Paxtakor” va vise-chempioni sifatida “Nasaf” klublari o‘zaro saf tortadi. Bellashuv 16:00da start oladi.

Mazkur band shartlaridan kelib chiqib, Superkubok o‘yini uchun Samarqand shahri tanlab olindi. Shahargacha yetib borish sharoiti har ikki klub muxlislari uchun nisbatan teng ekani inobatga olindi.

Reglamentdan kelib chiqib, mazkur bellashuvda “Paxtakor” futbol klubi rasmiy mezbon hisoblanadi.

O‘zbekiston Professional futbol ligasi Superkubok o‘yinini tashkil etishda ko‘rsatayotgan yordami uchun Samarqand viloyati hokimiyati hamda “Dinamo” futbol klubi rahbariyatiga minnatdorchilik bildiradi.    

Superkubok uchrashuvi bilan bog‘liq o‘yinoldi tadbirlar haqida keyinroq batafsil ma’lumot beriladi.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 17:49, 19.02.2021.
O'qildi: 3281 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик