Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/04 18:00 So‘g‘diyona - Qo‘qon-1912
02/04 19:00 Bunyodkor - Lokomotiv
03/04 18:00 Xorazm - Dinamo
03/04 19:00 Navbahor - Mash’al
03/04 20:15 Nasaf - Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano - Elche

Xorijlik futbolchi va murabbiylar uchun qo‘yilgan taqiq «Bunyodkor»dan olib tashlandi

Xorijlik futbolchi va murabbiylar uchun qo‘yilgan taqiq «Bunyodkor»dan olib tashlandi

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, O‘zbekiston futbol assosiasiyasining tegishli qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, O‘zbekiston Professional futbol ligasi 5 fevral kuni «Bunyodkor» va bir qator klublarga 2021 yilgi mavsumda legioner futbolchilar hamda murabbiylarni ro‘yxatdan o‘tkazishga taqiq qo‘ygan edi.

«Musobaqalarni o‘tkazish reglamenti»ning 6.27-bandiga muvofiq, legioner futbolchi xizmatidan foydalanayotgan klub yilda bir marta xorijlik o‘yinchini ro‘yxatdan o‘tkazganlik uchun to‘lov amalga oshirishi belgilangan.

Kuni kecha «Bunyodkor» futbol klubi 2019-2020 yilgi mavsumlarda jamoa sharafini himoya qilgan legionerlar uchun amalga oshirilmagan to‘lovlarni O‘zPFLning hisob-raqamiga o‘tkazib berdi. Shunga ko‘ra, O‘zPFL «Bunyodkor»ga qo‘yilgan taqiqni olib tashladi va endi jamoa bemalol xorijlik futbolchi yoki murabbiyni 2021 yilgi mavsum uchun ro‘yxatdan o‘tkazishi mumkin.

Manba: fcbunyodkor.com
Kiritildi: 21:00, 19.02.2021.
O'qildi: 2425 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик