Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Mahmud Murodov Sanchesni nokautga uchratgani haqida: «Bu natijadan qoniqmadim»

Mahmud Murodov Sanchesni nokautga uchratgani haqida: «Bu natijadan qoniqmadim»

Baho:
+ | -

O‘zbekistonlik UFC jangchisi Mahmud Murodov uchinchi jangining bekor qilinishi va UFC 257 musobaqasidagi ishtiroki haqida gapirdi.

"Oktyabr oyidagi jangim bekor bo‘lganidan (Kshishtof Yotko va Kevin Hollandga qarshi janglar bekor bo‘lgandi — izoh «Daryo»)juda afsuslandim, xafa bo‘ldim. Biroq meni oldinda yanada yaxshiroq narsalar kutib turganiga ishonardim.

Jangdan 27 kuncha oldin UFC menga shartnoma yubordi, men jarohat olgan sportchini almashtirishim kerak edi. Murabbiy menga UFC 257 musobaqasida jang borligi aytdi. Men hatto raqibim haqida to‘liq ma’lumotlarni ham ko‘rib chiqmadim, uning janglar ro‘yxatiga ko‘z yugurtirdim. Anchadan beri UFC’da ishtirok etishini bildim va jangga rozi bo‘ldim. Men har doim janglarni shu tariqa qabul qilaman. Raqiblarimning jangini ko‘rib chiqmayman. Shartnomani imzolayman, shundan keyin uslubiga qarab tayyorgarlik ko‘raman.

Bu dunyodagi eng yaxshi MMA tashkiloti, u yerda raqib tanlashga haqqim yo‘q. Men yaxshilar qatorida bo‘lishni xohlayman va kuchli raqiblar bilan to‘qnash kelishga majburman. U yerda kuchsiz raqibning o‘zi yo‘q.

UFC 257 — katta musobaqa, unda jang qilish va o‘zimni ko‘rsatish juda muhim edi. Men faqat o‘zimning nomimdan emas, barcha yurtdoshlarim nomidan chiqaman. Chunki yelkamda O‘zbekiston bayrog‘i turadi.

Ayrim sabablarga ko‘ra bizning jang asosiy kardga ko‘chirildi. Avvaliga jang mahalliy vaqt bilan 02:00 da bo‘lib o‘tishi belgilangandi. Keyin menga soat 07:00 da jang qilishimni aytishdi. Men tuni bilan uxlamay jangga chiqdim, garchi yutgan bo‘lsam ham bu jangda o‘zimni to‘liq namoyish qila olmadim, natijamdan qoniqmadim. Bundan ham yaxshiroq jang o‘tkazishim mumkin edi", — dedi Mahmud Murodov.

Murodov UFC 257 musobaqasining asosiy kardida amerikalik Endryu Sanchesga (12-6) qarshi jang qilgan va uchinchi raunddagi texnik nokaut evaziga g‘alaba qozongandi.

Mahmud UFC’dagi debyut jangida italiyalik Alessio di Kirikoni (12-4) ochkolar hisobiga ko‘ra, ikkinchi jangida Trevor Smitni (15-10) uchinchi raundda nokaut evaziga mag‘lubiyatga uchratgan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 11:22, 20.02.2021.
O'qildi: 2891 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.