Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

A seriya. Shomurodov jamoasi bugun o‘z maydonida "Verona" jamoasini qabul qiladi. (prevyu)

A seriya. Shomurodov jamoasi bugun o‘z maydonida "Verona" jamoasini qabul qiladi. (prevyu)

Baho:
+ | -

Bugundan Yevropa maydonlarida navbatdagi tur uchrashuvlari boshlanadi. Italiya A ceriyasi vakili bo‘lgan "Jenoa"
jamoasi o‘z maydonida "Verona"ga qarshi maydonga tushishadi. Mazkur uchrashuv doirasidagi qiziqarli ma’lumotlar, o‘zaro uchrashuvlar va ehtimoliy tarkiblar haqidagi qisqacha prevyuni sizlarga taqdim etamiz.

"Jenoa"


Vatandoshimiz Eldor Shomurodov to‘p tepadigan "Jenoa"ning A ceriyadagi ishlari ancha yaxshi. Genuyaliklar so‘ngi 6 turdan beri mag‘lubiyatga uchramay, o‘ziga xos seriya qayd etishmoqdi. Ballardini shogirdlari o‘tgan turda Turinga tashrib buyurib, mahalliy "Torino" klubiga qarshi o‘yin o‘tkazib 0:0 hisobidagi nursiz durangga imzo chekishgan edi. Safarda qo‘lga kiritilgan 1 ochkodan so‘ng, "griffonlar"ning hisobidagi ochkolari soni 25taga yetib, turnir jadvalida 11-o‘ringa chiqib olishdi. Umuman olganda jamoa ruliga Davide Ballardini kelgandan so‘ng, jamoa o‘yinida ancha o‘zgarish bo‘ldi. Rolando Marandan jamoani qabul qilib olgan paytda "Jenova"ning ochkolari soni 7tani tashkil qilardi. shundan keyin genuyaliklar ketma-ket g‘alabalar qozonishni boshlashdi. "Jenoa" ayni paytda xavfli hududdan ancha uzoqlashgan, hozirda esa jamoa Yevropa ligasi saralashi uchun ham imkoniyatlar bor, ammo jamoaning irodasi yetadimi, yoki yo‘qmi bunisi noma’lum. Bugungi uchrashuv oldidan "Jenova"da bir nafar jiddiy yo‘qotish bor. Jamoning asosiy tarkib himoyachisi Domeniko Krishto o‘tgan turdagi "Torino"ga qarshi uchrashuvning 18 - daqiqasida jarohat olib almashtirilgan. Klub matbuot xizmatining xabar berishicha: To‘pig‘idan olgan jarohat sabab himoyachi bir nechta uchrashuvni o‘tkazib yuborishi mumkin. Bu yo‘qotish jamoaning minus tomoniga ishlashi mumkin, chunki jamoaga Ballardini kelgandan so‘ng, asosan chap qanot himoyasini to‘lig‘icha Krishtoga topshirgan edi. Bugun katta ehtimol bilan uning o‘rniga Pellegrini maydonga tushishi mumkin.


"Verona"

"Verona" odatda barqaror o‘yin ko‘rsatmaydi. Ba’zan yetakchi jamoalarni ham qiyin ahvolga solib qo‘ysa, ba’zida autsayderlardan mag‘lubiyatga ucharashi mumkin. O‘zi veronaliklarning har yili o‘rtamiyonalar qatorida bo‘lib kelgan. Odatda Xalqaro maydondagi o‘yinlarga unchalik harakat qilmaydi, lekin kamdan-kam holatda A seriyadan tushib ketgan holatlari kuzatiladi. Ayni paytda "sariq-ko‘klar" turnir jadvalida 33 ochko bilan 9-o‘rindan joy olgan, ikki pog‘ona ortda joylashgan "Jenoa"dan 8 ochko ko‘p jamg‘arishga erishgan. Bundan kelib chiqadiki, agar, bugungi genuyaliklar g‘alaba qozonsa ham hech qanday o‘ringa ko‘tarilmaydi, chunki 10-o‘rindagi "Sampdoriya"da 30 ochko mavjud. O‘tgan turda "Verona" o‘z maydonida "Parma"ni qabul qilib, 2:1 hisobida g‘alaba qozongan. Garchi, uchrashuvdagi hisobni mehmonlar ochgan bo‘lsa ham, mezbonlar iroda namoyish etib va yakunda 3 ochkoni qo‘lga kiritishgan. Joriy yilgi mavsumda veronaliklar bir qancha yetakchi jamoalardan ochko tortib olishni uddalagan. Xususan, "Yuventus", "Milan", kabi jamoalar bilan durang qayd etgan bo‘lsa, "Atalanta", "Lasio", "Napoli" klublaridan 3 ochko tortib olishni uddalagan. Bundan ko‘rinib turibdiki, bugungi o‘yinda Shomurodov jamoasiga unchalik oson bo‘lmaydi. Bugun "Verona" bir nechta ko‘zga ko‘ringan yo‘qotishlar bor. Jamoa hujumchisi Nikola Kalinich 21-turdagi "Udinezi"ga qarshi uchrashuvda oyog‘ining son qismidan jarohat olgan edi. Qolaversa, "Verona"ning gambiyalik yarim himoyachisi Ebrima Kollining tizzasidan orttirib olgan jarohati sabab bugungi o‘yinni o‘tkazib yuborishi aytib o‘tilgan. Shuningdek, yana bir himoyachisi Federiko Dimarko hisobidagi sariq kartochkalar sonining ko‘payib ketishi natijasida "Luiji Ferraris" stadionida kechadigan o‘yinni o‘tkazib yuboradi. Bundan ko‘rinib turibdiki, "Verona"ning ikki yetakchi himoyachisi maydonga tusholmaydi, bu esa o‘z navbatida Eldor va uning jamoadoshlariga gol urish uchun imkoniyat tug‘dirishi mumkin.


Qarama-qarshiliklar

Hozirgacha ikki jamoa o‘rtasida 27 marta uchrashuv o‘tkazilgan. Shulardan 11 martasida genuyaliklar g‘alaba qozonga bo‘lsa, 8 bora «Verona» vakillari ustun kelishgan. Qolgan 8ta o‘yinda esa, tomonlar murosa yo‘lini tanlashgan. Statistikadan ko‘rinib turibdiki, ustunlik «Jenoa» tomonda. «Griffonlar» bir vaqtlar qatorasiga 5ta o‘yinda mag‘lubiyatga uchramay, o‘ziga xos seriya ko‘rsatishgan edi, ammo o‘tgan yilgi mavsumning birinchi davrasidagi o‘yinda bu seriya yakuniga yetga. O‘tgan yilgi mavsumning 2-davrasida genuyaliklar mag‘lubiyat uchun qasos olishgan. O‘z maydonida kechgan uchrashuvda «Jenoa» 3:0 hisobida g‘alaba qozongan. Joriy yilgi mavsumning birinchi davradagi uchrashuvida tomonlar o‘zaro murosa yo‘lini tanlashgan. Uchrashuvda 0:0 hisobidagi durang qayd etilgan.


Ehtimoliy tarkiblar


«Jenoa» (3-5-2): Perin, Mazyello, Radovanovich, Pellegrini, Zappakosta, Strotman, Rovello, Zays, Chiborra, Shomurodov, Destro.

«Verona» (3-4-2-1): Silvestri, Chetin, Gyunter, Lovato, Faroane, Tamez, Ilich, Lazovich, Sakkani, Barak, Lazanya

Xulosa o‘rnida shuni aytishimiz mumkinki, bu ikki jamoa hozirda hech qanday o‘rin uchun kurashmayapti. Lekin, mazkur jamoalar o‘rtasidagi uchrashuvlar har doim qiziqarli va gollarga boy tarzda o‘tgan. Ushbu o‘yin Toshkent vaqti bilan 22:00da boshlanadi.

 

Jamshidjon Mahmudov tayyorladi

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 16:25, 20.02.2021.
O'qildi: 3819 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.