Sobiq «Atletiko» hujumchisi Diyego Kosta o‘ziga Saudiyaning «Al-Nasr» klubidan tushgan taklifga rad javobini berdi.
Diyego u yerda yiliga 6 millon ishlab topishi ham mumkin edi. Biroq futbolchi rejalariga pulni birinchi maqsad qilib qo‘ymagan. U vataniga qaytish niyatida. Katta ehtimol Kosta faoliyatini «Palmeyras»da davom ettiradi.
U Braziliyada o‘ynashni anchadan beri orzu qilib kelayotgan edi.