Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya - Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

Kelishilgan o‘yinlarga qarshi kurash bo‘yicha davra suhbatlari tashkil etilmoqda

Kelishilgan o‘yinlarga qarshi kurash bo‘yicha davra suhbatlari tashkil etilmoqda

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Barchamizga ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida futbol sohasida bevosita faoliyat olib boradigan shaxslar tomonidan totalizator o‘ynash, o‘yinga yoki uning natijasiga ta’sir o‘tkazish maqsadida kelishilgan o‘yinlar uyushtirish, ularda ishtirok etish jinoiy va ma’muriy javobgarlikka tortilishi masalasiga alohida urg‘u berilgan.

Shu boisdan yurtimizda 2021 yilgi futbol mavsumi starti oldidan O‘FAning mas’ul xodimlari tomonidan O‘zbekiston Superliga hamda Pro-ligada ishtirok etuvchi har bir futbol klubi a’zolari uchun kelishilgan o‘yinlarga qarshi kurash mavzusida davra suhbatlari tashkil etilib, bu borada tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

O‘FAning mas’ul xodimlari "Surxon", "Paxtakor", "Metallurg", "Lokomotiv", "Qo‘qon-1912", "Neftchi", "Bunyodkor" klublari vakillari bilan o‘tkazilgan davra suhbatlari davomida 2020 yilda kelishilgan o‘yinlarga qarshi kurash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar sarhisobi taqdim etilib, 2021 yilda bu borada yanada jiddiy ish olib borilishi ma’lum qilinmoqda.

O‘tgan yildan e’tiboran kelishilgan o‘yinlar tashkil qilish, bu kabi o‘yinlarda ishtirok etish nafaqat O‘FA tomonidan, balki huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan ham nazorat va tahlil etib kelindi hamda aybdorlarga tegishli choralar ko‘rildi.

Shu sababli klublar xodimlari, futbolchi va murabbiylari uchun davra suhbatlari tashkil etilib, totalizator o‘ynash, uchrashuv natijasiga ta’sir o‘tkazish uchun kelishilgan o‘yinlar tashkil qilish, ularda ishtirok etish holatlarini bartaraf qilish, shu kabi o‘yinlarda qatnashishga undash holatlari uchraganda esa birinchi navbatda tegishli organlar hamda O‘FAni xabardor qilish lozim ekani borasida tushuntirish olib borildi. Ishchi guruh Respublika bo‘ylab bu kabi uchrashuvlarni davom ettiradi.

Kelishilgan o‘yinlarga qarshi kurash bo‘yicha bu kabi amaliy ishlar uzluksiz tarzda olib boriladi.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 17:29, 23.02.2021.
O'qildi: 2147 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.