Kirish Ro'yxatdan o'tish

Nazorat o‘yini. «Paxtakor» «Qizilqum» bilan durang o‘ynadi

Nazorat o‘yini. «Paxtakor» «Qizilqum» bilan durang o‘ynadi

Baho:
+ | -

"Paxtakor" klubi bugun o‘z maydonida "Qizilqum"ga qarshi nazorat o‘yini o‘tkazdi.

Bellashuvda Piter Xyuistra deyarli ikki tarkibni sinovdan o‘tkazdi. Eldor Suyunov va Ibrohimhalil Yo‘ldoshev kichik jarohat sababli o‘yinni o‘tkazib yubordi. Futbolchilar jismoniy jihatdan hali to‘liq tayyor holatga yetib ulgurmagani sababli murabbiylar imkon boricha yuklamani bir xil taqsimlashga urinishmoqda. Bahs davomida har ikki jamoa bir necha keskin vaziyatlarni yuzaga keltirdi, ammo ulardan foydalanishda xatolarga yo‘l qo‘yildi. Shu tariqa uchrashuvda hisob ochilmadi.

"PAXTAKOR" - "QIZILQUM" 0:0
"Paxtakor": Quvvatov, Alijonov (Azmiddinov, 60), Anzur Ismoilov (A’zamov, 46), Krimes (Chobanov, 60), Sayfiyev (Muhiddinov, 60), Hamrobekov (Iminov, 60), Abror Ismoilov (Sobirxo‘jayev, 60), Turg‘unboyev (Roziyev, 60), Cheran (Temirov, 60), Rashidov (Erkinov, 60), Derdiyok (Simo, 46).

Manba: pakhtakor.uz
Kiritildi: 19:35, 23.02.2021.
O'qildi: 3676 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик