Kirish Ro'yxatdan o'tish

YECHL. "Chelsi" "Atletiko"ni minimal hisobda yengdi

YECHL. "Chelsi" "Atletiko"ni minimal hisobda yengdi

Baho:
+ | -

Chempionlar ligasi 1/8 final bosqichidan o‘rin olgan markaziy bahs "Atletiko" hamda "Chelsi" jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. Ruminiyada, Buxarestdagi «Nasional» o‘yingohida kechgan uchrashuvda "Chelsi" minimal, 1:0 hisobida g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Uchrashuv boshidan ikkala tomon ham o‘ta ehtiyotklr uyin namoyish etishdi. Shu sababli birinchi bo‘limda darvozalarga to‘p kiritilmaydi. Ikkinchi taymda ham o‘yin tempi deyarli o‘zgarmadi. Biroq, "Chelsi" yaratilgan xavfli vaziyatdan unumli foydalangan holda, o‘yin taqdirini hal etgan golni kiritdi.

Yakunda, hisob 0:1 "aristokratlar" foydasiga. Shu tariqa Tuxel murabbiyligidagi londonliklar ketma-ket sakkizinchi o‘yinda mag‘lubiyatga uchrashmadi.

"Atletiko" Ispaniya – "Chelsi" Angliya 0:1 (0:0, 0:1) «Nasionalniy stadion»
Gol: 0:1 – 68 Jiru.

"Atletiko" – Oblak, Felipe, Savich, Ermoso (Vitolo, 84), Koke, Lemar, Saul (Torreyra, 82), Korrea (Dembele, 82), Lyorente, Joau Feliks (Lodi, 82), Suares.

"Chelsi" – Mendi, Ryudiger, Aspilikueta, Kristensen, Alonso, Kovachich (Ziyesh, 74), Jorjinyo, Maunt (Kante, 74), Xadson-Odoi (Djeyms, 80), Verner (Pulishich, 87), Jiru (Xaverts, 87).

Ogohlantirishlar:
Maunt (1), Lyorente (63), Jorjinyo (64), Lemar (90).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 03:16, 24.02.2021.
O'qildi: 4341 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик