Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

"Bavariya" Rimda "yayragan" o‘yinda, "Lasio"ga hech qanday imkoniyat qoldirmadi

"Bavariya" Rimda "yayragan" o‘yinda, "Lasio"ga hech qanday imkoniyat qoldirmadi

Baho:
+ | -

Chempionlar ligasi 1/8 final bosqichi, dastlabki uchrashuvlaridan o‘rin olgan navbatdagi bahs, Rimdagi "Odimpiko" o‘yingohida kechdi va unda Italiyaga safar qilgan Myunxenning "Bavariya" jamoasi o‘z raqibini yirik, 4:1 hisobida taslim etdi.

O‘yinning dastlabki daqiqalaridayoq xatoga yul ko‘ygan "Lasio" futbolchilari "Bavariya"ning birinchi goli kiritilishiga sabab bo‘lishdi. Keyinchalik esa, birinchi taymning o‘zida myunxenliklar raqib darvozasiga yana ikkita to‘p kiritishdi. Natijada, maydon egalari tanaffusga mag‘lub holatda chiqib ketishdi.

Ikkinchi bo‘limda esa mezbonlar vakili avtogol muallifiga aylandi va hisob 0:4 ko‘rinishiga keldi. Ushbu hodisadan biroz vaqt o‘tgach "Lasio" gol o‘rdi. Ammo rimliklarning ushbu foydali harakati na g‘alaba va na durangni taminlab berdi. Oxir-oqibat hisob o‘zgarmadi, 1:4. "Bavariya" Myunxenga ko‘ngildagidek kayfiyat bilan qaytadi.

"Lasio" Italiya – "Bavariya" Germaniya 1:4 (0:3, 1:1) «Stadio Olimpiko»

Gollar: 0:1 – 9 Levandovski, 0:2 – 24 Musiala, 0:3 – 42 Sane, 0:4 – 47, avtogol Acherbi, 1:4 – 49 Korrea.

"Lasio" – Reyna, Acherbi, Musakkyo (Lulich, 31), Gabarron (Xudt, 53), Lassari, Leyva (Eskalante, 53), Marushich, Luis Alberto (Akpa-Akpro, 81), Milinkovich-Savich (Kataldi, 81), Korrea, Immobile.

"Bavariya" – Noyer, Zyule, Alaba, Boateng, Devis, Kimmix, Musiala (Shupo-Moting, 90), Sane (Sarr, 90), Goretska (Xavi Martines, 63), Koman (Lyuka Ernandes, 75), Levandovski.

Ogohlantirishlar:
Luis Alberto (28), Leyva (51), Korrea (57), Marushich (65), Eskalante (69), Kimmix (72), Koman (75).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 03:47, 24.02.2021.
O'qildi: 3068 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик