Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Shavkat Salomov: «Superliga yo‘llanmasini qo‘lga kiritish uchun «Buxoro»ning kuchi yetadi»

Shavkat Salomov: «Superliga yo‘llanmasini qo‘lga kiritish uchun «Buxoro»ning kuchi yetadi»

Baho:
+ | -

Biz «Buxoro» klubi yetakchi futbolchisi, jamoa sardori Shavkat Salomov bilan jamoaning mavsumga tayyorlanish jarayoni bilan tanishish maqsadida u bilan kichik suhbat uyushtirdik.

— Shavkat aka, jamoa sardori sifatida, siz orqali jamoaning ichki muhitini bilmoqchi edik, bu haqda nimalar deya olasiz?
— Ichki muhit ajoyib, yuqori suratda mavsumga tayyorgarlik olib borilyapti. Yaqinda Toshkent shahrida o‘quv-mashg‘ulotlatlarning birinchi bosqichini yakunlab qaytib, endilikda o‘zimizning mashg‘ulot bazamizda ikkinchi bosqichni davom ettiryapmiz. Barchamizning maqsadimiz — yagona mavsumni yuqori notada o‘tkazib, superligaga yo‘llanma olish. Bu borada viloyat hokimimiz va jamoa rahbariyati bizga maksimal darajada ko‘mak berib kelishyapti.

— Oxirgi kunlarda jamoa atrofida bo‘layotgan gap-so‘zlar haqida fikringiz.
— Nima ham der edim? Gap-so‘zlar oldin ham bo‘lgan keyin ham bo‘laveradi (kuladi). Men bir narsani muxlislardan so‘rar edim, har bir chiqqan gap-so‘zlarga darrov ishonib ketaverishmasin, vaqt oliy hakam ozgina sabr qilishsa, haqiqat o‘z bo‘yini ko‘rsatadi. Jamoada ichki muhit ajoyib, futbolchi sifatida meni hamma narsa qanoatlantiryapti.

Murabbiy masalasiga kelsak, biroz muddatga Davron aka bilan oilaviy muammo bo‘lib qolgan, bu hol hammada ham ro‘y beradi. 3-4 kun biz bilan birga bo‘lolmadilar, xolos. Lekin meni xursand qilgan jihati, muxlislarining jamoaga befarq bo‘lmaganliklari, Davron akaning yo‘qligini bilib, har kuni desam yolg‘on bo‘lmaydi, kamida 30-40 kishi bo‘lib Davron akani yo‘qlab kelishib, u kishiga nisbatan xavotirlarini bildirib turishdi. Bir narsaga yana bir bor amin bo‘ldimki, jamoamiz muxlislari e’tiborli va jamoani juda ham qattiq qadrlashadi, futbolni juda ham sevishadi, o‘z suyuklilarini yolg‘izlatib qo‘yishmaydi. Bunday muxlislari bor jamoada, to‘p surayotganimdan xursandman.

— Bu yil yangi jamoa tuzildi, yangi rahbariyat, ular olib borayotgan ishlar haqida fikringiz.
— Men o‘tgan safargi interv’yularimda ham buni takidlab o‘tganman, viloyat hokimimiz va u kishining yordamchilari, jamoamizning yangi rahbarlariga o‘z tashakkurimni bildiraman. Pro-ligadan Superligaga chiqishimiz uchun qo‘llaridan kelgan barcha ishlarni biz uchun qilishyapti. Sharoitlarimiz a’lo darajada desam mubolag‘a bo‘lmaydi. Rahbariyat yaxshi ish olib boryapti, ular vazifani bajara oladigan futbolchilarni jamoaga olib kelishyapti, hali nasib qilsa jamoamizni kuchaytirish yo‘lida transferlar davom etadi. To‘g‘ri, bu yo‘lda ularga ham oson emas. Futbolchilarni superligadan, Pro-ligaga keltirib o‘ynatish, sir emas, bu yerda juda katta mablag‘ ham talab etiladi. Yana bir bor jamoa rahbarlariga katta rahmat.

— Pro-ligada yangi mavsum boshlanishiga ham, kam vaqt qolyapti, jamoamizning imkoniyatlari xaqida ikki og‘iz.
— Xudo xoxlasa, boshlanadigan mavsumda superliga yo‘llanmasini olish uchun kurashamiz, bunga kuchimiz ham, iqtidorimiz ham yetadi, deb o‘ylayman. Jamoamiz bir katta oilaga aylanib bo‘lgan, bir musht bo‘lib oxirigacha birgalikda kurashamiz. Fursatdan foydalanib yana bir bor jamoamiz rahbarlariga va jonajon muxlislarimizga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman.

Manba: https://t.me/buxoropfc
Kiritildi: 16:02, 25.02.2021.
O'qildi: 2959 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.