«Bavariya» hujumchisi Tomas Myuller koronavirusdan sog‘aydi. 31 yoshli futbolchi kechadan boshlab jamoasining mashg‘ulotlariga qo‘shildi.
Roppa-rosa ikki hafta ilgari germaniyalik futbolchi COVID-19 aniqlangan edi.
Myuller joriy mavsumda 31ta uchrashuvda maydonga tushib, 13ta gol va 14ta assist muallifiga aylandi.