«Sevilya» bosh murabbiy Xulen Lopetegi La Liga doirasida «Barselona»ga qarshi kechadigan o‘yin oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Umid qilamanki, biz bu o‘yinda ajoyib futbolchilar va dunyoning eng yaxshi o‘yinchisiga ega yorqin «Barselona»ni ko‘ramiz.
Bu o‘yin bizga juda yoqadi, u barcha jabhalarda maksimal harakatni talab qiladi.
Ularda har bir chiziqda dunyoning eng yaxshi futbolchilari yig‘ilgan va shubhasiz, men uchun Leo Messi — futbol tarixidagi eng yaxshi o‘yinchi. Bu o‘yin biz uchun naqadar muhim ekanini anglatib turibdi", — dedi Xulen Lopetegi.
«Sevilya» va «Barselona» o‘rtasidagi o‘yin 27 fevral, shanba kuni Toshkent vaqti bilan 20:15 da boshlanadi.
Eslatib o‘tamiz, Lopetegi 2018 yilda ma’lum muddat «Real»da bosh murabbiy bo‘lgan. Biroq «Barselona»dan uchralgan 1:5 hisobidagi mag‘lubiyatdan keyin mutaxassis iste’foga chiqarilgan.