Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar 1-1 Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya 2-0 Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya - Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr

Ahad Yusupov: «Lokomotiv» futzal jamoasini yuqori o‘rinlarga qaytara olamiz»

Ahad Yusupov: «Lokomotiv» futzal jamoasini yuqori o‘rinlarga qaytara olamiz»

Baho:
+ | -

12-tur doirasidagi dastlabki o‘yinda «Metallurg» ustidan qozonilgan g‘alabadan keyin «Lokomotiv» futzal jamoasi ustozi Ahad Yusupov klub matbuot xizmatiga intervyu berdi.

– Bugungi o‘yin haqida gapirsangiz. Bu o‘yin biz uchun hissiyotlarga boy tarzda o‘tdi.
– Tarkib borasida «Metallurg»dan qolishmaymiz. Ammo shunchaki ushbu mavsumda ular bir necha marotaba kuchli ko‘rinishmoqda. Biz uchun bu o‘yin prinsipial tarzda o‘tdi. G‘alabani qo‘lga kirita olganimizdan xursandman. Shogirdlarimdan mamnunman.

– Omadsiz o‘tgan birinchi bo‘limdan keyin kiyim almashtirish xonasida jiddiy gaplar bo‘lganga o‘xshaydi.
– Boshidan aytamanki, g‘alabaga erishishni istagandik. Birinchi bo‘limda biz himoyadan o‘ynab, raqiblarning xato qilishini kutishimiz kerak edi. Tan olish kerak, «Metallurg» qanotlarda yaxshi o‘ynab, bizga juda ko‘p muammolar yaratdi. «Metallurg»da tajribali futzalchilar juda ko‘p. Biz esa yosh jamoalardan birimiz, balki, eng yoshidirmiz. Barchasi oson kechmayapti.

Tanaffusda futbolchilarga baqirganim, janjal boshlaganim yo‘q. Yigitlarning oldiga bordim va: “Keling, hujum qilaylik. Hech nima yo‘qotmaymiz. Yomon o‘yin ko‘rsatmayapmiz”. Ikkinchi bo‘limda esa to‘pni ushlab turish va vaziyatlar yaratishga harakat qildik. Sezgan bo‘lsangiz, ikkinchi bo‘limda umuman boshqacha o‘yin namoyish qildik. Ko‘plab vaziyatlar yarata oldik, o‘yinni nazorat qildik va mantiqan haqli g‘alabaga erishdik.

– O‘yin yakuniga ikki yarim daqiqa qolganida siz maydonga beshinchi o‘yinchini tushirdingiz. Bu pallada hisob 2:2 ko‘rinishida edi va biz durangdan mahrum bo‘lishimiz mumkin bo‘lgandi.
– Ha, bu tabiiy. Biroq hozir aytganimdek, biz hujumda o‘ynadik. O‘yin yakuni arafasida raqiblar bizga o‘yin bobida yutqazishni boshladi. Raqib posti yonida bosimni kuchaytira oldik. Agarda bunday o‘yin bilan «Metallurg»ni yuta olmaganimizda, o‘zimni kechira olmasdim. G‘alaba goli urilgandan keyin futbolchilarning xursandchiligini ko‘rdingiz.

– Oldinda yetakchi «Paxtakor» bilan o‘yin. Nimalarni kutyapsiz?
– Rostdan ham, juda kuchli jamoa. Ular bekorga yetakchi emaslar. «Paxtakor»ning murabbiyi bilan yaxshi tanishmiz. Bir-birimizning kuchli tomonlarimizni yaxshi bilamiz. O‘yin qiziqarli o‘tadi. Jamoalarning statusi yuqori, shu sababli ikki tomon ham g‘alaba uchun maydonga tushadi. «Metallurg» bilan o‘yindagi g‘alaba esa bizning futbolchilarimiz kuchiga kuch qo‘shadi. Shu o‘rinda jamoadagi barchaga, massajchidan tortib, tibbiy brigadaga, yordamchim Farhod Mirahmedovga minnatdorlik bildiraman. «Lokomotiv» klubi rahbariyati futzal jamoasini ham mashhurligi uchun harakat qilishmoqda. Zokir Seydullayev, To‘labek Akramov, jamoa boshlig‘i Qobil Yunusov, sport direktori Ravshan Muqimov kabi fidoiy insonlar bizning yosh futzal jamoamiz uchun katta e’tibor qaratishmoqda. Oldinda bizni juda katta maqsadlar kutib turibdi. Tarkibdagi futbolchilar tajriba yig‘ib, kuchli bo‘lib borishmoqda. «Lokomotiv» futzal jamoasini yuqori o‘rinlarga qaytara olamiz.

Manba: lokomotiv.uz
Kiritildi: 09:08, 27.02.2021.
O'qildi: 2094 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик