Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

Meros muammolar – chempionatimiz chipqonlari!

Meros muammolar – chempionatimiz chipqonlari!

Baho:
+ | -

Chempionat musobaqalarini tashkil qilishda mana bir necha yildirki kattagina bir “meros kamchilik” mavjud – bu ham bo‘lsa chempionat boshlanish sanasini belgilash. Musobaqaning boshlanish sanasini ancha oldindan belgilash, uni o‘zgartirmaslik aynan o‘sha musobaqaga tayyorgarlik ko‘rayotgan jamoalar uchun o‘ta muhim omildir. Anchagina zarur va asosli o‘zgarishlarni amalga oshirayotgan PFL, bilishimcha bu meros kamchilikni ham tuzatish niyatida edi, ammo ularga bog‘liq bo‘lmagan sabablar bu ishga halal berdi.

Xo‘sh, musobaqa boshlanish muddatini oldindan qat’iy belgilash nima uchun shunchalar muhim?

Avvalo, bu omil har bir jamoaning ushbu musobaqaga tayyorgarlik ko‘rish rejasini ishlab chiqishdagi asosiy mayoq ekanligini anglamog‘imiz kerak. Chunki reja, musobaqa boshlanish kunidan ortga hisoblash orqali amalga oshiriladi. Masalan musobaqa 1-mart kuni boshlanishi belgilandi deylik. Demak murabbiy ushbu – aynan 1-martdan ortga kun hisoblash yo‘li bilan o‘quv-mashg‘ulot yig‘iniga qancha muddat ajratish, jamoani qachon yig‘ib olish, bundan kelib chiqib jamoaga qancha muddat ta’til berish kabi o‘ta muhim rejalar tuzadi.

Aytishingiz mumkin: Sana o‘zgargani bilan jamoa tayyor holda turadi-yu baribir deb. Yo‘q! Baribir emas! Misol: Dispetcher poyezd mashinistiga Termizdan Toshkentga kirib kelish uchun 12 soat muhlat berdi. U jadal yurib Gulistonga kelganda mashinistga “Uzr, 15 soatda kirib kelishingiz kerak ekan” desa mashinist nima qiladi, Gulistonga kelib 3 soat turadi yoki toshbaqa yurish qilib yo‘lovchilarning sabr kosasini to‘ldiradi. Boshqa bir misol: Alpinistga cho‘qqini zabt etish uchun 10 kun berildi. U yarim yo‘lga borganda “uzr, 15 kunda borishing kerak” deyildi. Alpinist nima qiladi: yo yarim yo‘lda sovuq qotib biroz vaqt o‘tkazadi yoki yana o‘sha toshbaqa yurish qilib yuqori odimlaydi. Ammo undagi ishtiyoq va shasht keskin so‘nadi.

Yig‘in ham xuddi shunday: jamoa qat’iy reja asosida 1-martni mayoq qilib ishga kirishadi, tayyor holga kelganda muddat uzaytiriladi va tayyorgarlik sekinlashadi, rejalar o‘zgaradi va h. Bu esa futbolchilar kayfiyati va jismoniy holatiga ta’sir o‘tkazmay qolmaydi.

10-martda boshlanadigan chempionatga, jamosiga yetarli ta’til bermay dekarb oyidayoq yig‘ib olib choptiradigan jamoa bo‘lsa urdi Xudo, chempionatga yetib kelganda futbolchida ishtiyoq ham sabr ham bir qadar so‘nadi.

Tirik misol: "Lokomotiv"ning portugaliyalik bosh murabbiyi jamoani olishi tayin bo‘lib ulgurgandan so‘ng qachon jamoani yig‘ish masalasiga kelganda chempionat qachon boshlanishini so‘ragandi. Fevral oyi oxiri deyildi. U shu muddatni mo‘ljal qilib yig‘in rejasini tuzdi; Toshkentdagi birinchi yig‘in davomida chempionat boshlanish muddati o‘zgarganligini eshitdi va rejalariga o‘zgartirish kiritdi; yig‘inning ikkinchi bosqichi – Turkiya yig‘ini davrida muddat tag‘in o‘zgarganligini eshitdi, hech nima qila olmasligi aniq; "hayrat"ini ichiga yutib yana rejani o‘zgartirdi... Pirovardida jamoaning tayyorgarligi murabbiy tuzgan rejadan o‘zgacha iznda kechdi. Boshqa jamoalarda ham shunday bo‘lgani aniq.

Xulosa qilib aytadigan bo‘lsam, agarda biz futbolchilarning chempionat oldidan yetarli dam olishlari, ularning to‘laqonli yig‘in o‘tishlari va zo‘r ishtiyoq bilan, jismonan ayni tayyor holda musobaqani boshlashlarini istasak, ularni misolimizdagi mashinist yoki alpinist holatiga tushirishni istamasak – chempionat boshlanish muddatini oldingi chempionat tugashi bilanoq, hech bo‘lmaganda yil so‘nggida e’lon qilmog‘imiz lozim va osmon uzilib yerga tushsa ham o‘sha muddatni o‘zgartirmasligimiz kerak!

Abror Pirriyev
"Lokomotiv" klubi shifokori.

Manba: https://t.me/abrorpirmuhammad
Kiritildi: 12:23, 02.03.2021.
O'qildi: 2596 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.