Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

«Navbahor» «Qo‘qon-1912» bilan durang o‘ynadi

«Navbahor» «Qo‘qon-1912» bilan durang o‘ynadi

Baho:
+ | -

Bugun Namangandagi “Markaziy” stadionda “Navbahor” va “Qo‘qon‑1912” jamoalari o‘rtasida o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazilib, unda jangovar durang qayd etildi ‑ 1:1.

Uchrashuvning dastlabki bo‘limida “Navbahor” futbolchilari ko‘plab hujumlar uyushtirishdi, jumladan, Ivan Solovyov, Marko Putinchanin, Azimjon Ahmedov va Igor Golbanda imkoniyat paydo bo‘ldi. Ammo o‘sha vaziyatlarda qo‘qonliklar posboni faollik ko‘rsatdi. O‘yinda hisobni mehmonlar ochishdi. 38‑daqiqada O‘tkir Yusupov qaytargan to‘pni Mo‘min Meliyev darvozaga aniq yo‘lladi – 0:1. Birinchi bo‘lim xuddi shu hisobda yakunlandi.

Ikkinchi bo‘limda har ikki jamoa tarkibida bir qator o‘zgarishlar kuzatildi. Ta’kidlash joizki, “Navbahor”ning zaxiradan tushgan futbolchilari o‘yinni ancha kuchaytirishdi. “Lochinlar” tashabbusni qo‘lga olib, bir qator hujumlar uyushtirishganiga qaramay, ulardan samara chiqara olishmadi. “Lochinlar” javob golini 81‑daqiqada urishdi. Shohruh Mahmudhojiyev faol harakat qilib, raqiblar jarima maydonchasiga kirib bordi va to‘pni qulay vaziyatda turgan Ivan Solovyovga yetkazdi. Jamoaning rossiyalik legioneri ushbu vaziyatda bo‘sh qolgan darvozani ishg‘ol qildi – 1:1.

Goldan keyin ruhiy ustunlikka ega bo‘lgan “Navbahor” futbolchilari yana bir qator imkoniyatlarga ega bo‘lishdi. Shunga qaramay, uchrashuvda darvozalarga boshqa to‘p kiritilmadi va jamoamiz “Qo‘qon‑1912” bilan o‘yinda durang qayd etdi.

O‘rtoqlik o‘yini
3 mart (chorshanba)
“Navbahor” – “Qo‘qon‑1912” – 1:1 (0:1)
Hakamlar: Ibrohim Ismoilov, Maksim Nexochin, Islomjon Nosirov, Muzaffar Mamatxanov.
Gollar: Ivan Solovyov (81) - Mo‘min Meliyev (38).
“Navbahor”: O‘tkir Yusupov (Rahimjon Davronov), Davron Hoshimov (Farhod Mirahmatov), Igor Golban (Nikola Tasich), Azimjon Ahmedov, Mirzohid  G‘ofurov, Marko Putinchanin, Sardor Telyakov (Quvondiq Ro‘ziyev), Abbos G‘ulomov (Zabihillo O‘rinboyev), Ivan Solovyov, Ehsoni Panshanbe (Sherzod G‘ulomjonov), Slavisha Stoyanovich (Shohruh Mahmudhojiyev).
“Qo‘qon-1912”: Muzaffar Abdullayev, Bobur Akbarov, Slavko Lukich (Avaz Mamatxo‘jayev), Asadbek Sobirjonov (Anvar Hojimirzayev), Farhod Bekmurodov (Aleksandr Merzlyakov; Ilhom Vahobov), Shohnazar Norbekov (Jamshid Rahmatullayev), Mo‘min Meliyev (Andrey Sidorov), Muhammadanas Hasanov (Sardor Azimov), Ivan Yosovich, Murod Xolmuhammedov, Yakuba Bamba (Iqbol Malikjonov).
Ogohlantirishlar: Muzaffar Abdullayev (44) – Shohruh Mahmudhojiyev (89).

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Manba: pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 23:00, 03.03.2021.
O'qildi: 1917 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.