Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/09 00:30 Elche 2-3 Real Madrid
16/09 15:00 Chonbuk Motors 2-1 Kashiva Reysol
16/09 15:00 Seul 0-1 Persib
16/09 17:15 Port 1-2 Vissel Kobe
16/09 17:15 Kong-Vittel 1-1 Melburn Viktori
16/09 21:00 Xolidiya 0-0 Nasaf
16/09 21:00 Al-Vahda 3-2 Kuvayt SK
16/09 21:00 An-Nahda 1-1 At-Ta'vun
16/09 21:00 Al-Hussayn 2-2 Ist Bengal
16/09 22:00 Atletiko 4-0 Osasuna
16/09 22:00 Deportivo 0-1 Sevilya
16/09 23:15 Ar-Rayyan - Al-Faysaliy
16/09 23:15 Ash-Shorta - As-Siyb
17/09 00:30 Barselona 7-2 Rasing

Odil Hamrobekov «Shabab al-Ahli»ga o‘tadimi?

Odil Hamrobekov «Shabab al-Ahli»ga o‘tadimi?

Baho:
+ | -

"Paxtakor" yarim himoyachisi Odil Hamrobekov faoliyatini Birlashgan Arab Amirliklarida davom ettirishi mumkin. Bu haqda BAAning "Al-Bayan" nashri xabar tarqatdi.

Manbaga ko‘ra, o‘zbekistonlik futbolchi "Shabab al-Ahli" bilan shartnoma imzolashi kutilmoqda.

Ayni paytda BAA chempionatida transfer oynasi yopilgan bo‘lsa-da, Reglamentga ko‘ra, klub jiddiy jarohat olgan futbolchining o‘rniga qo‘shimcha futbolchini ro‘yxatdan o‘tkazish huquqiga ega. Yagona shart: futbolchi ijaraga olinishi kerak.

Shu bois, Hamrobekov "Shabab" klubi jarohat olib, yaqinda operasiya qilingan Azizjon G‘aniyevning o‘rnini egallashi mumkin. Hozirda dubayliklar "Paxtakor" bilan futbolchini ijaraga olish borasida muzokara olib borishmoqda.

Eslatib o‘tamiz, "Shabab al-Ahli" klubi yana bir o‘zbekistonlik yarim himoyachi Jaloliddin Masharipovning Saudiyaning "An-Nassr" klubidan ijaraga olgan.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 09:32, 04.03.2021.
O'qildi: 5485 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик