Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

«Lokomotiv» yangi futbolchilarni tanishtirdi

«Lokomotiv» yangi futbolchilarni tanishtirdi

Baho:
+ | -

Kecha «Lokomotiv» matbuot anjumanlar zalida 2021 yilgi mavsum arafasida tarkibimizga kelib qo‘shilgan futbolchilarni tanishtiruv marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda «Lokomotiv» PFK sport direktori Ravshan Muqimov bilan jamoamiz bosh murabbiyi Mikael Sekeyra ham ishtirok etdi.

Bugungi marosimda jamoamiz safiga qo‘shilgan Abdumavlon Abdujalilov, Islom Qobilov, Javohir Sidiqov, Sanjar Qodirqulov, Diyego Bardanka, Islom Rashidxonov va Xurshid Muxtorov kabi futbolchilar keng ommaga tanishtirildi hamda ularga o‘z futbolkalari taqdim etildi.

Futbolchilarimiz so‘zga chiqib, «Lokomotiv»ga o‘tishdan maqsad hamda o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashishdi.

Abdumavlon Abdujalilov (darvozabon):
- Bu jamoaga kelishimning asosiy sababi «Lokomotiv» - O‘zbekistonning katta klublaridan biri. Bu yerda doim maqsadlar yuqori qo‘yiladi. Yana shuni aytishim mumkin, ichki muhit ham ajoyib. Biz har bir o‘yinda g‘alaba qozonishga va yuqori o‘rinlarni egallashga harakat qilamiz.

Islom Qobilov (himoyachi):
- «Lokomotiv»ga o‘tishimning asosiy sababi - bu jamoa faqat yuqori o‘rinlar uchun kurashadi va chempionlik yo‘lida harakat qiladi. Shu bois klub rahbariyati taklif bilan chiqqanda ko‘p o‘ylab o‘tirmadim. Undan tashqari, bu yerda ajoyib kollektiv yig‘ilgan, barchamiz bir yoqadan bosh chiqib ishlayapmiz.

Javohir Sidiqov (yarim himoyachi):
- Bu jamoaga o‘tishimdan maqsad ikkinchi yoki uchinchi o‘rin emas, faqatgina chempionlik uchun harakat qilishdir. «Lokomotiv» - ayni damda O‘zbekistonning top klublaridan biri. Yuqori natijalarga erishish uchun bor kuchni ishlatamiz va qo‘ldan kelgancha harakat qilamiz.

Sanjar Qodirqulov (yarim himoyachi):
- «Lokomotiv»ga o‘tganimdan xursandman, taassurotlar ajoyib. Shart-sharoit yuqori darajada, futbolchilar uchun barcha qulayliklar bor. Ushbu mavsum oldidan yaxshi jamoa yig‘ildi. Nasib qilsa, bu yil chempion bo‘lishga harakat qilamiz.

Diyego Bardanka (himoyachi):
- «Lokomotiv» bilan shartnoma tuzganimdan xursandman. Bu men uchun katta chorlov. Klubdagilar taklif bilan chiqqan payt tezda rozilik berdim. Bu yerda o‘tayotgan har bir kunimdan zavq olyapman. Endi «Lokomotiv» bilan muvaffaqiyatga erishish uchun harakat qilamiz.

Islom Rashidxonov (yarim himoyachi):
- «Lokomotiv»ga faqat bir maqsad bilan keldim. Ya’ni, chempion bo‘lishni xohlayman.  Jamoadagi ahillik menga juda yoqdi, hamma bilan tezda chiqishib ketdim. Bu mavsum oldimizga chempionlik vazifasi qo‘yilgan.

Xurshid Muxtorov (himoyachi):
- «Lokomotiv»da yangi mavsum oldidan yaxshi futbolchilarga ega jamoa shakllandi. Endi biz bunga yaxshi javob berib, yuqori maqsadlar sari intilamiz. Bu yil barchasi yaxshi bo‘ladi va yana chempionlik shohsupasiga qaytishimizga ishonaman.

Ravshan Muqimov (klub sport direktori):
- Avvalo barchani kirib kelayotgan yangi mavsum bilan tabriklayman. Ushbu mavsum oldidan biz jamoaga Portugaliyaning mashhur klublaridan biri «Braga»da uzoq yillar faoliyat olib borgan Mikael Sekeyrani olib keldik. Portugaliya futbolida jamoalar to‘p bilan bo‘lishni yaxshi ko‘rishadi. «Braga»da ham shunday.

Uni bizga jamoamizda faoliyat olib borayotgan ispaniyalik darvozabonlar murabbiyi Daniyel Chabrera taklif qildi. U Sekeyrani jamoaga Yevropa havosini olib keladigan, juda katta ambisiyalarga ega murabbiy deb ta’kidladi. Biz ham bu gaplarni o‘z navbatida rahbariyatga yetkazdik.

Biz Sekeyraning barcha jihatlarini, kriteriyalarini inobatga oldik. Portugaliyalik jurnalistlar orqali uni surishtirdik ma’lumotlar to‘pladik, o‘rgandik. Keyin unga taklif bilan chiqdik. U o‘z klubi bilan shartnomasi bo‘lishiga qaramay, biz bilan ishlashga rozi bo‘ldi. Nasib qilsa, barchasi reja asosida kechmoqda. O‘yinlar boshlansa, buning natijasini barchangiz ko‘rasiz.

Mikael Sekeyra (jamoa bosh murabbiyi):
- Ikki oy davomida mavsumga birgalikda tayyorlanyapmiz. Futbolchilar o‘zgarishlarni to‘g‘ri qabul qilishdi. O‘zgarishlar sababli ular o‘zlarini yaxshi his qilishmoqda.

Mashg‘ulotlarda yaxshi harakat qilishmoqda. Bu esa asta-sekinlik bilan samarasini beradi. Buning uchun avvalo futbolchilar barchasini tushunib yetishmoqda.

Har bir murabbiyning maqsad va g‘oyalari bo‘ladi. Masalan, siz uy qurayotganingizda avvalo asosni quyib olishingiz kerak bo‘ladi. Keyinchalik bu bosqichma-bosqich uyga o‘xshatib, qurib boriladi.

Agar qurilish uchun ketkazayotgan materiallar yaxshi bo‘lsa, uy ham mustaxkam chiqadi. Bizda yuqori saviyali futbolchilar ko‘p. Ishonamanki, biz bu tarkib bilan yaxshi natijalar qayd eta olamiz.

Manba: lokomotiv.uz
Kiritildi: 10:10, 05.03.2021.
O'qildi: 4905 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.