Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona 3-0 Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter 1-1 Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend 0-1 Brayton
14/03 20:00 Byornli 0-0 Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta

“Navbahor” PFK prezidenti yoshlar (U-18) jamoasi bilan uchrashdi

“Navbahor” PFK prezidenti yoshlar (U-18) jamoasi bilan uchrashdi

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, “Navbahor” jamoasi 2021 yilgi mavsumdan iqtidorli yoshlarni tarbiyalab, ularning katta futbolda o‘z o‘rinlarini topishlarida ko‘maklashish va albatta, ularning vaqti kelib, “Navbahor”ning asosiy tarkibida to‘p surishlarini ta’minlash maqsadida yangi strategiya asosida ish yuritadigan bo‘ldi. Jamoa rahbariyati asosiy tarkibdan tashqari, yoshlar jamoalarining ham chempionatda munosib ishtirok etishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratib berishmoqda, ular bilan turli uchrashuvlar o‘tkazib, yangi maqsadlar sari ruhlantirishmoqda.

Jumladan, bugun Namangandagi “Markaziy” stadionida “Navbahor” PFK prezidenti Otabek Samatov “Navbahor-U-18” jamoasi futbolchilari bilan uchrashib, ularga yangi mavsumda omad yor bo‘lishini tiladi.

- Avvalambor, “Navbahor” bilan shartnoma imzolab, jamoaning to‘laqonli a’zosiga aylanganingiz bilan barchangizni tabriklayman, - dedi Otabek Arifovich. - Bilasiz, “Navbahor” mamlakatimizning eng nomdor jamoalaridan biri hisoblanadi, demakki, sizlar ham shuni dildan his qilgan holda, maydonda bor iqtidoringizni namoyon etishingiz, “Navbahor” libosida to‘p surishga munosib ekanligingizni isbotlashingiz kerak. Xabaringiz bor, jamoaga tajribali Viktor Romanovich Jalilovni taklif qilganmiz, namanganlik ko‘plab iqtidorli yoshlarni saralab, ularning katta futbolda o‘z o‘rnini topishiga hissa qo‘shgan ushbu mutaxassis sizlarning ham maydondagi harakatlaringizni shaxsan kuzatib, o‘yiningizni baholab borishini inobatga olinglar. Unutmang, bu daraja jihatidan o‘sishingiz uchun katta imkoniyatdir. Kim o‘zidan yorqin taassurot qoldirsa, albatta, bosqichma‑bosqich rivojlanib, nasib qilsa, “Navbahor”ning asosiy jamoasi safida to‘p suradi. Yangi mavsum oldidan barchangizga omad va zafarlar yor bo‘lishini, jarohatlardan yiroq yurishingizni tilab qolaman.

Ta’kidlash joizki, “Navbahor” PFK prezidenti “Bu yil chempion bo‘lamizmi?” deb so‘raganda, yosh futbolchilar bir ovozdan “Ha” deyishganini alohida e’tirof etish joiz. Bugungi kunda A’zam Rajabbayev ustozlik qilayotgan “Navbahor-U-18” jamoasi safida iqtidorli yoshlar bisyor. Albatta, mavsum davomida o‘zidan yorqin tassurot qoldirgan yoshlar bilan muntazam tanishtirib borishni rejalashtirganmiz. Ularni bugun yaxshilab tanib olsak, kattalar jamoasi o‘tishganida, “Navbahor”ning yangi strategiyasi nechog‘li foyda keltirganiga guvoh bo‘lishimiz mumkin.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Manba: pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 10:17, 07.03.2021.
O'qildi: 2446 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.