Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/04 00:30 Real Ovyedo 1-1 Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm 0-2 Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum 2-1 Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor 1-3 Andijon
24/04 23:45 Napoli 4-0 Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend 0-5 Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis 1-1 Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina - Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano - Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa - Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo - Elche
26/04 21:00 Torino - Inter
26/04 21:30 Osasuna - Sevilya
26/04 23:45 Milan - Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal - Selta

Ro‘ziqul Berdiyev: «Penalti o‘yin taqdirini o‘zgartirib yubordi»

Ro‘ziqul Berdiyev: «Penalti o‘yin taqdirini o‘zgartirib yubordi»

Baho:
+ | -

Coca Cola Superligasi 1-tur “Nasaf” – “Paxtakor” uchrashuvidan so‘ng bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida qarshiliklar bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev ishtirok etdi va bugungi bellashuv haqida o‘z fiklrlari bilan o‘rtoqlashdi.

— Futbolda birinchi o‘rinda natija turadi. Yigitlarimiz o‘zlariga ishongan holda harakatlanishdi, lekin penalti o‘yin taqdirini o‘zgartirib yubordi. Albatta, bunda futbolchilarimizni ayblamaymiz, bugun butun jamoa bo‘lib yutqazdik. Qayerdadir xatolarga, qayerdadir e’tiborsizlikka qo‘l urdik. Mag‘lubiyatga munosib emasdik, yangi va yosh tarkib bilan amaldagi chempionga qarshi munosib qarshilik ko‘rsatishga harakat qildik. Alamli tomoni, 2:0 oldinda bora turib, yutqazish bo‘ldi, bu juda alamli. Mag‘lubiyatga bir nechta sabablar bor, buni o‘rganib chiqamiz va xulosa chiqaramiz.

— Chempionlik uchun qaysi jamoalar kurashadi deb o‘ylaysiz? "Paxtakor" bilan ketma-ket 2 o‘yinda qatnashdingiz, aynan "Paxtakor" jamoasini favorit deya olamizmi?
— O‘tgan yili "Paxtakor" jamoasini hammadan ustun der edik. Bu yil ushbu gapni ishonch bilan aytolmayman. Bundan tashqari, boshqa jamoalarning maqsadi juda katta. Oldindan qaysidir jamoani chempion sifatida ko‘rsatib bo‘lmaydi, buni mavsum davomida bilib olamiz. Superliganing 5-6 turidan so‘ng holat ancha ravshalashadi.

— Transfer oynasi 12 martga qadar ochiq. Hujum chizig‘i bo‘yicha sizda tanlov yo‘q. Umuman, tarkibga yangi futbolchilar jalb qilinadimi?
— Men jamoa o‘zagini saqlab qolishni juda ham xohlagan edim. Agar 3 nafar o‘yinchimiz ketmaganida, bizga hech qanday o‘yinchi kerak bo‘lmagan bo‘lardi. Buni rahbariyatdan so‘ragan edim, ammo afsuski, bu amalga oshmadi. Menimcha, 2 kun ichida o‘zgarish qilishimiz amrimahol. Shu bois birinchi davrani hozirgi tarkib bilan tugatsak kerak.

— Faysal Traoreni o‘tgan mavsum ham tarkibda saqlab qolmagandingiz, bu yil ham shunday bo‘ldi. Bu saviya bilan bog‘liqmi?
— Faysal Superliga darajasida o‘ynamagan. Shuning uchun biz uni Proliga jamoasiga ijaraga berdik. Agar o‘zini yaxshi tarafdan ko‘rsatsa, keyingi mavsum jamoaga qaytaramiz.

Manba: fcnasaf.uz
Kiritildi: 07:46, 11.03.2021.
O'qildi: 3792 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик