Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/09 00:30 Elche 2-3 Real Sosyedad
08/09 21:45 Bryugge 2-3 Aston Villa
08/09 21:45 AEK 1-0 LASK
08/09 23:59 Real Madrid 2-1 Inter
08/09 23:59 Portu 0-2 Manchester Siti
08/09 23:59 Borussiya D 3-2 Vilyarreal
08/09 23:59 Lill 2-3 Betis
09/09 18:30 OKMK 1-3 Paxtakor
09/09 19:00 Neftchi 2-1 Surxon
09/09 20:00 Nasaf 1-0 Bunyodkor
09/09 21:45 Barselona - Feyenoord
09/09 21:45 Shtutgart - Viking
09/09 23:59 Liverpul - Atletiko
09/09 23:59 Napoli - Arsenal
09/09 23:59 PSJ - Sporting
09/09 23:59 Sporting - Galatasaroy
10/09 19:00 Dinamo - Qizilqum
10/09 19:00 Andijon - Qo‘qon-1912
10/09 20:00 Xorazm - So‘g‘diyona

Piter Xyuistra: «Jamoam xarakterini namoyish qildi»

Piter Xyuistra: «Jamoam xarakterini namoyish qildi»

Baho:
+ | -

Qarshidagi bellashuvdan keyin "Paxtakor" bosh murabbiyi matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- Judayam qiziqarli bahs guvohi bo‘ldik, biz oldingi o‘yinchalik yaxshi o‘ynay olmadik. "Nasaf"ning bizga qarshi zo‘r tayyorgarlik ko‘rgani sezilib turdi va raqib o‘yinni juda yaxshi boshladi. Uchrashuv avvalida bir nechta xatolarga yo‘l qo‘ydik va buning oqibatida "Nasaf"da bo‘sh hududlar vujudga keldi.

"Nasaf" hisobni 2:0 ko‘rinishga keltirganida biz yanada qiyin vaziyatga tushib qoldik. Ammo jamoamiz xarakter ko‘rsatib, yakunda 3:2 hisobida g‘alaba qozona oldik. Futbolchilarimiz jang qila olishlarini namoyon etishdi. Stadion to‘la payt o‘ynash oson emas, chunki bosim yuqori bo‘ladi. Lekin ikkinchi tomondan futbolda baribir muxlislarni ko‘rish yoqimli.

O‘ylaymanki, bizda futbolchi almashtirishlar to‘g‘ri bo‘ldi va buning oqibatida o‘yinimiz kuchaydi. Yosh futbolchi Ibrohimhalil Yo‘ldoshev g‘alaba to‘pini kiritdi, bu esa menga juda yoqdi. Chempionatni safarda g‘alaba bilan boshlash yoqimli. Endi dushanba kuni bo‘ladigan "Mash’al"ga qarshi bahsga tayyorgarlik ko‘ramiz.

"Nasaf" - yaxshi jamoa. Ular hujumkor futbol namoyish etib, bizni shoshirib qo‘yishdi. Bugungi bahsda oramizdagi farq vaziyatlardan foydalanishda bo‘ldi.

Safimizda yo‘qotishlar bo‘ldi, ammo biz bor tarkib bilan ishlashda davom etishimiz kerak. Meni xursand qilayotgan tomoni - markaziy himoyamizda Yegor Krimes va Anzur Ismoilovga o‘xshagan tajribali futbolchilarning borligi. Shuningdek, yoshlardan Erkinov, Yo‘ldoshev kabilarni ayta olaman.

Keyingi uchrashuvda nima bo‘lishini bilmayman, chunki dushanbagacha oldimizda vaqt bor va hali mashg‘ulotlar o‘tkazamiz. Yo‘ldoshev yaxshi futbolchi, u g‘alaba to‘pini kiritganida xursand bo‘ldim. Lekin bizda boshqa yaxshi futbolchilar ham bor va kim mashg‘ulotlarda o‘zini ko‘rsatsa, o‘shalar boshlang‘ich tarkibdan joy egallaydi.

Manba: pakhtakor.uz
Kiritildi: 08:20, 11.03.2021.
O'qildi: 3497 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик