Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:00 Loryan 5-0 Klermon
20/05 00:00 Monako 4-0 Nant
20/05 00:00 Lill 2-2 Nissa
20/05 00:00 Lion 2-1 Strasbur
20/05 00:00 Reyms 2-1 Renn
20/05 00:00 Lans 2-2 Monpelye
20/05 00:00 Tuluza 0-3 Brest
20/05 00:00 Gavr 1-2 Marsel
20/05 00:00 Mets 0-2 PSJ
20/05 19:00 Dinamo 1-1 Paxtakor
20/05 19:00 Surxon 0-1 Nasaf
20/05 21:30 Salernitana 1-2 Verona
20/05 23:45 Bolonya 3-3 Yuventus

Chempionlik sari odimlayotgan «Atletiko» «Xetafe»ni sinovdan o‘tkazadi (prevyu)

Chempionlik sari odimlayotgan «Atletiko» «Xetafe»ni sinovdan o‘tkazadi (prevyu)

Baho:
+ | -

Shanba oqshomini birozdan so‘ng Ispaniya La Ligasi 27 turi doirasidagi «Xetafe» hamda «Atletiko» Madrid jamoalari o‘rtasidagi bahs yakunlab beradi. Mamlakat peshqadami ishtirokidagi ushbu o‘yin bizningcha ham ko‘pchilik uchun birdek qiziq bo‘lsa ajab emas.

«Atletiko»

\

Diyego Simeone boshchiligidagi jamoa joriy mavsum tom ma’noda yaxlit bir armiyaga aylanib ulgurdi. Klub har bir o‘yinda o‘z stabilligini bir me’yorda saqlab kelayotganiga bugun allaqachon ajablanarli hol sifatida qaralmayapti. «Real» bilan kechgan Madrid derbisidan so‘ng «matraschilar» tomon otilgan ayrim tanqid toshlari ham uchragani tabiy hol. Simeone shogirdlari o‘shanda o‘zlari yaratgan imkoniyatlarning aksariyatini ko‘kka sovurishdi, so‘nggi daqiqalarda o‘tkazib yuborilgan alamli gol ta’mini ham tatib ko‘rishga majbur bo‘ldilar. Natijada eng yaqin ta’qibchi «Barselona» bilan o‘rtadagi farq 3 tagacha qisqardi.

O‘shanda ko‘plab muxlislar tomonidan «Atletiko» chempionlik poygasidan chiqib ketgani to‘g‘risida turli gap-so‘zlar tarqalgan edi. Biroq oradan 3 kun o‘tib jamoa «Atletik» bilan navbatdagi og‘ir o‘yinda maydonga tushdi va o‘z imkoniyatlarini yana barchaga ko‘rsatib qo‘ydi. Marselino Toral boshchiligidagi «Atletik»ning so‘nggi natijalaridan xabaringiz bor. Jamoa «Atletiko»ga qarshi to‘qnashuvgacha naq 8 o‘yinlik g‘alabasiz seriya qayd etgan edi. Mana shunday jiddiy raqibidan ustun kelgan madridliklar chempionlik uchun o‘z imkoniyatlarini yana oshirib oldi. Qayd etish kerak, «Atletik» ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng Simeone o‘zining jamoadagi jami muvaffaqiyatli yurishlari sonini 309 taga yetkazib oldi va bu borada Aragonesdan o‘zib ketdi.

Endi ham o‘zi uchun ancha qulay raqib ustidan qozonilajak ehtimoliy g‘alaba «matraschilar»ni La Liga chempionligi yo‘lida yaqqol favoritga aylantirib yuborishi shubhasiz. Darhaqiqat, jamoaning qayd etayotgan so‘nggi natijalari ham diqqatga sazovor. «Atletiko» joriy mavsum yakuniga yetgan 26 bahsning atigi 2 tasida mag‘lubiyatga uchradi. Shuningdek, klubning «Xetafe»ga qarshi umumiy statistikasi ham bu jamoaning madridliklarga anchayin qulay raqib ekanligini ko‘rsatib turibdi.

Ikkala tomon o‘rtasida kechgan to‘qnashuvlarning so‘nggi 13 tasida mehmonlarning qo‘li baland kelgan. Kamiga «Xetafe» bu uchrashuvlar davomida biror marta ham raqiblari darvozasini ishg‘ol etishning uddasidan chiqa olmagan. Umumiy hisobda esa bu jamoaning o‘rtacha gollar taqribi 2,5 foizdan ham oshmaydi. Bundan tashqari «Atketiko» safardagi o‘yinlarda raqiblari bilan qanday o‘ynashni juda yaxshi biladi. «Qizil-oqlar» La Liganing ortda qolgan 7 uchrashuvidan 6 tasida eng kamida 2 ta gol urib kelmoqda. Bu ham albatta bahs oldidan e’tiborga molik bo‘lgan faktlardan biri.

G‘ - D - M - G‘ - D - G‘

Taxminiy tarkib: Oblak - Trippyer, Savich, Ermoso, Lodi - Lyorente, Koke, Lemar, Karrasko - Korrea, Luis Suares

«Xetafe»

«Xetafe»ning La Ligadagi ahvoliga umuman havas qilib bo‘lmaydi. Jamoa xavfli zonadagi klublardan atigi 5 ochko ko‘proq to‘plagan holda 15 o‘rinni band etgan bo‘lsa, oxirgi 5 bahsdan 4 tasida mag‘lubiyat hamda atigi bir marta g‘alabaga erishilgan. Buning ustiga «Xetafe»ning «Atletiko»ga qarshi bahslarda o‘ta yomon statistikaga ega ekani haqida ham yuqorida ta’kidlagan edik.

Hozir Bardolas shogirdlarining umumiy kayfiyatini ham qoniqarli deb aytib bo‘lmaydi. «Valensiya» ustidan qozonilgan yirik hisobdagi g‘alaba ketidan (3:0) birdaniga alamli mag‘lubiyat ham qabul qilib olindi. Jamoa «Real Valyadolid»ga - eng yaqin ta’qibchisiga kutilmaganda imkoniyatni boy berib qo‘ydi va ko‘zi «qonga to‘lgan» jamoalarni o‘ziga yaqinlashtirib olmoqda. Bu kabi faktorlar bosh murabbiy Xose Bardolasning kursisini anchadan beri qimirlatib qo‘ygan. Biroq rahbariyat unga haliyam yuqori ishonch bildirishda davom etmoqda va jamoani primeroda olib qolish vazifasini yuklatdi. Albatta, umumiy muhit ham bugun yetakchiga qarshi o‘yinda jamoaning oyog‘idan tortishi turgan gap.

Qolaversa, jamoa yetakchilaridan biri Mata ham qizil kartochkasi bois bugungi uchrashuvda ishtirok eta olmaydi. Buning ustiga «Xetafe»ning «Atletiko»ga qarshi bahslarda o‘ta yomon statistikaga ega ekani haqida ham yuqorida ta’kidlagan edik. «Xetafe» madridliklarga qarshi 36 bahsdan atigi 4 tasida g‘alaba qozongan xolos. «Ko‘klar» shuningdek, so‘nggi 7 ta uy bahslaridan 5 tasida raqiblari darvozasini ishg‘ol qila olmagan. Ushbu to‘qnshuvning birinchi davrasida «Atletiko» o‘z raqibi ustidan 1:0 hisobida ustun kelgan. Bugungi bahs natijasi ko‘p jihatdan mehmonlarning taqdiriga jiddiyroq ta’sir o‘tkazsa ajab emas.

M - M - M - M - G‘ - M

Taxminiy tarkib: Soriya - Damian Suares, Dyene, Kabako, Oliveyra - Nyom, Maksimovich, Arambari, Kukurella - Unal, Kucho Ernandes.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 21:30, 13.03.2021.
O'qildi: 2748 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.