Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/01 00:45 Kalyari 0-1 Milan
03/01 01:00 Rayo Valyekano 1-1 Xetafe
03/01 16:30 Komo 1-0 Udineze
03/01 17:30 Aston Villa 3-1 Nottingem Forest
03/01 18:00 Selta 4-1 Valensiya
03/01 19:00 Sassuolo 1-1 Parma
03/01 19:00 Jenoa 1-1 Piza
03/01 20:00 Brayton 2-0 Byornli
03/01 20:00 Vulverhempton 3-0 Vest Xem
03/01 20:15 Osasuna 1-1 Atletik Bilbao
03/01 22:00 Yuventus 1-1 Lechche
03/01 22:30 Elche 1-3 Vilyarreal
03/01 22:30 Bornmut 2-3 Arsenal
04/01 00:45 Atalanta 1-0 Roma
04/01 01:00 Espanyol 0-2 Barselona
04/01 16:30 Lasio 0-2 Napoli
04/01 17:30 Lids 1-1 Man. Yunayted
04/01 18:00 Sevilya 0-3 Levante
04/01 19:00 Fiorentina - Cremonese
04/01 20:00 Everton - Brentford
04/01 20:00 Nyukasl - Kristal Pelas
04/01 20:00 Tottenhem - Sanderlend
04/01 20:15 Real Madrid - Betis
04/01 20:15 Fulhem - Liverpul
04/01 22:00 Verona - Torino
04/01 22:30 Malyorka - Jirona
04/01 22:30 Alaves - Real Ovyedo
04/01 22:30 Manchester Siti - Chelsi
05/01 00:45 Inter - Bolonya
05/01 01:00 Real Sosyedad - Atletiko

Debyutantlar, muxlislar tashrifi va qahramonlar. Superligada 1-turi yakunlari

Debyutantlar, muxlislar tashrifi va qahramonlar. Superligada 1-turi yakunlari

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Superligasining 1-tur uchrashuvlari o‘tkazildi. «Daryo» ortda qolgan turda kuzatilgan diqqatga sazovor voqealarni taqdim etadi.

Muxlislar tashrifi

O‘tkazilgan 7 ta o‘yinga umumiy hisobda 47 782 nafar muxlis tashrif buyurdi (har bir o‘yinda o‘rtacha — 6 826). Namanganda kechgan «Navbahor» — «So‘g‘diyona» (0:1) o‘yinini bevosita stadiondan 17 585 ming tomoshabin kuzatib bordi. Bu turning eng yaxshi ko‘rsatkichi bo‘ldi. Eng kam muxlis tashrif buyurgan bahs esa Olmaliqda kechdi. OKMK va «Lokomotiv» (2:1) uchrashuviga 1000 ming nafar muxlis tashrif buyurdi. Qarshida kechgan «Nasaf» va «Paxtakor» (2:3) o‘rtasidagi o‘yinni esa 11 812 kishi tribunadan kuzatib bordi.

Gollar

Superliganing 1-turida 15 ta gol urildi. Shundan 8 tasi mezbonlar hisobiga yozilgan bo‘lsa, qolgan 7 tasi mehmon jamoalar hissasiga to‘g‘ri keldi. Turning eng sermahsul o‘yini «Nasaf» — «Paxtakor» bahsi (2:3) bo‘ldi. Mazkur bahsda 5 ta gol urildi.

Turdagi eng tezkor gol esa OKMK — «Lokomotiv» (2:1) bahsida kiritildi. Elvin Fortes 3-daqiqada Toshkent klubi darvozasini ishg‘ol qilib, Olmaliq klubini hisobda oldinga olib chiqdi. Shuningdek, bu Superliga 2021 yilgi mavsumining birinchi goli bo‘ldi.

Mehmon va mezbon jamoalar g‘alabasi

O‘tkazilgan 7 o‘yinning 4 tasida mezbon (OKMK, «Bunyodkor», «Surxon», «Qizilqum»), 3 tasida esa mehmon («So‘g‘diyona», «Qo‘qon-1912», «Paxtakor») jamoalar zafar quchdi. E’tiborlisi, bu turda during natija qayd etilmadi.

Debyutantlar

2020 yilgi mavsumda Pro-Ligada 1-o‘rinni qo‘lga kiritib, Superligaga yo‘l olgan «Turon» o‘zining yuqori diviziondagi debyut o‘yinini o‘tkazdi. Yaypan klubi «Qo‘qon-1912» bilan kuch sinashdi va 2:1 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Jasur Hakimov «Turon»ning Superligadagi ilk golini urdi.

Vadim Abramov asosiy e’tiborini milliy terma jamoaga qaratishi uchun «Bunyodkor»dan iste’foga chiqarilgach, uning o‘rnini Shuhrat Maqsudov egalladi. Maqsudov 1-turda «qaldirg‘ochlar» bosh murabbiyi sifatidagi ilk o‘yinini o‘tkazdi.

Bir necha yillar davomida Qatar va BAA chempionatlarida legioner sifatida faoliyat yuritgan Sardor Rashidov joriy mavsum boshida «Paxtakor» safiga qo‘shildi. Rashidov 1-turda «sherlar» safida rasmiy o‘yinlardagi ilk golini urdi.

Jasur Jaloliddinov «Bunyodkor»da porlagach, Moskvaning «Lokomotiv» klubiga yo‘l olgandi. Ammo Jasur u yerda birorta ham o‘yin o‘tkazmadi va yakunda «Andijon»ga o‘tdi. Jaloliddinov Superliga birinchi turida «Andijon» safida debyut qildi.

Yuqorida qayd etilgan niderlandiyalik futbolchi Elvin Fortes (OKMK) Superligadagi debyut o‘yinida ilk golini urishga muvaffaq bo‘ldi.

Qarshida o‘tkazilgan «Nasaf» — «Paxtakor» o‘yinida O‘zbekiston chempionatida birinchi marta VAR tizimidan foydalandi.

Kartochkalar

Superliganing 1-turida hakamlar tomonidan umumiy hisobda 24 ta sariq va 1 ta qizil kartochka ko‘rsatildi. Turning eng qo‘pol o‘yini «Nasaf» — «Paxtakor» o‘yini bo‘ldi — 5 ta sariq kartochka. Turdagi yagona qizil rangdagi kartochkani esa «Mash’al» yarim himoyachisi Muhammad Yo‘ldoshev «qo‘lga kiritdi».

Tur qahramonlari: Mirjalol Qosimov va Ibrohimxalil Yo‘ldoshev

Turning eng yaxshi murabbiyi Mirjalol Qosimov bo‘ldi. Qosimov boshchiligidagi OKMK ilk turda nisbatan kuchliroq tarkibga ega bo‘lgan «Lokomotiv»ni taslim etdi. O‘yindan oldin Toshkent klubining imkoniyatlari yuqori baholangandi. Yana shuni alohida ta’kidlash kerak, Mirjalol Qosimov shogirdlari portugaliyalik mutaxassis Mikael Sekeyra boshchiligidagi jamoani mag‘lubiyatga uchratdi.

Turning eng yaxshi o‘yinchisi nomiga esa «Paxtakor» himoyachisi Ibrohimxalil Yo‘ldoshev loyiq ko‘rildi. 69-daqiqada maydonga tushgan Yo‘ldoshev o‘zining sa’y-harakatlari bilan «sherlar»ning g‘alabasiga katta hissa qo‘shdi. Aynan Ibrohimxalilning 87-daqiqada kiritgan goli «Paxtakor»ga g‘alaba keltirdi.

Bilol Erkin tayyorladi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 21:51, 13.03.2021.
O'qildi: 3894 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.