Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese

Superliga. VAR tizimida nosozlik yuzaga kelishi mumkin

Superliga. VAR tizimida nosozlik yuzaga kelishi mumkin

Baho:
+ | -

Noqulay ob-havo VAR tizimiga halaqit berishi mumkin.

“Coca-Cola Superliga 2-turidan o‘rin olgan "Lokomotiv" – "Navbahor" uchrashuvida VAR tizimidan foydalanishi ma’lum qilingandi. Ayni daqiqalarda VAR mutaxassislari stadionda texnikani o‘rnatish ishlarini olib borishmoqda. Mutaxassis Farhod Abdullayevning xabar berishicha, bugungi uchrashuvda o‘yindan tashqari holatni aniqlab beruvchi tizim ishlamasligi katta ehtimol. Bunga sabab sifatida Toshkentda yog‘gan qor ko‘rsatilmoqda.

Tizim o‘yindan tashqari holatni aniqlashda maydon uzra chizilgan oq chiziqlardan faol foydalanadi. Ya’ni, chiziqlar yordamida hujum qilayotgan futbolchining so‘nggi himoyachi bilan qanday pozisiyada turgani aniqlab oladi. Ammo maydon atrofida yig‘ilgan qor tizimning rang aniqlash funksiyasiga halal beradi.

Boisi, chiziqlar ham, qor ham aynan oq rangda. Agar stadion ma’muriyati maydon atrofini qordan tozalab ulgursa, barchasi to‘liq formatda ishlaydi.

«Qor sabab offsayd tizimini ko‘z yordamida aniqlashga majburmiz. Qolgan barcha jabhada VAR bilan faol ishlaymiz. Yaqqol sezilib turgan o‘yindan tashqari holatga reaksiya bera olamiz. Biroq inson faktori juda kichik santimetrlarda qayd etilgan offsaydni aniqlay olmaydi.

VAR yaxshi ishlashi uchun uchrashuv startidan bir necha daqiqa avval biz barcha funksiyani amalda qo‘llab ulgurishimiz kerak. Hozircha esa oq chiziqlar va qor uyg‘unlashib ketayotgani bizga halal bermoqda», - deydi Farhod Abdullayev.

Barchasi uchrashuv startiga qadar yanada aniqroq bo‘ladi.”

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 14:55, 14.03.2021.
O'qildi: 2681 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик