Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 23:45 Torino - Sassuolo
09/05 00:00 Levante - Osasuna
09/05 16:30 Liverpul - Chelsi
09/05 17:00 Elche - Alaves
09/05 18:00 Kalyari - Udineze
09/05 19:00 Fulhem - Bornmut
09/05 19:00 Brayton - Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend - Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya - Espanyol
09/05 21:00 Lasio - Inter
09/05 21:30 Manchester Siti - Brentford
09/05 21:30 Atletiko - Selta
09/05 23:45 Lechche - Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad - Betis

PSJning o‘yini vaqtida Di Mariya va Markinyosning uyida o‘g‘rilik sodir bo‘ldi. Anxel shu sabab erta zaxiraga olingan

PSJning o‘yini vaqtida Di Mariya va Markinyosning uyida o‘g‘rilik sodir bo‘ldi. Anxel shu sabab erta zaxiraga olingan

Baho:
+ | -

"PSJ" yarim himoyachisi Anxel di Mariyaning uyida Fransiya chempionati doirasida «Nant»ga qarshi 14 mart kungi o‘yin (1:2) vaqtida o‘g‘rilik sodir etildi, deya xabar qilmoqda ESPN.

Parijliklar sport direktori Leonardo voqea haqida Maurisio Pochettinoni ogohlantirgach, mutaxassis Anxelni 62-daqiqada zaxiraga oldi. Di Mariya darhol stadionni tark etdi va uyiga ravona bo‘ldi.

Manbaga ko‘ra, "PSJ" himoyachisi Markinyosning ota-onasi istiqomat qiladigan uyda ham talonchilik sodir bo‘lgan. Hatto o‘g‘rilar futbolchining oila a’zolarini garovga olgani haqida ma’lumotlar bor. Braziliyalik futbolchi uchrashuvda to‘liq harakat qilgandi.

Polisiya mazkur voqealar yuzasidan tergov ishi qo‘zg‘agan.

Eslatib o‘tamiz, Di Mariya 2015 yilda «Manchester Yunayted» safida harakat qilgan vaqtida ham o‘g‘rilardan jabr ko‘rgandi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 15:10, 15.03.2021.
O'qildi: 3698 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик