Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/04 18:00 Xorazm 2-1 Dinamo
03/04 19:00 Navbahor 2-1 Mash’al
03/04 20:15 Nasaf 1-0 Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano - Elche
04/04 17:00 Paxtakor - OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad - Levante
04/04 18:00 Qizilqum - Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo - Kalyari
04/04 19:15 Surxon - Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona
05/04 17:00 Xetafe - Atletik Bilbao
05/04 18:00 Cremonese - Bolonya
05/04 19:15 Valensiya - Selta
05/04 21:00 Piza - Torino
05/04 21:30 Real Ovyedo - Sevilya
05/04 23:45 Inter - Roma
06/04 00:00 Alaves - Osasuna

Baxtiyor Ashurmatov: «Vaziyatlardan foydalana olmaganimiz pand berdi»

Baxtiyor Ashurmatov: «Vaziyatlardan foydalana olmaganimiz pand berdi»

Baho:
+ | -

Baxtiyor Ashurmatov: «Vaziyatlardan foydalana olmaganimiz pand berdi»

Coca Cola superligasi 2-tur doirasidagi «Qo‘qon-1912» - «Qizilqum» uchrashuvidan so‘ng mezbonlar ustozi Baxtiyor Ashurmatov o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Dastlabki 10 daqiqada yaxshi o‘ynadik. Keyin xatolarimiz ko‘p bo‘ldi. Biroq yigitlarga o‘yin uchun e’tiroz bildirolmayman, ular o‘yin oxirigacha g‘alaba uchun borlarini berib maydonda harakat qilishdi. O‘yin so‘nggida yana xujumchi tushirdik. O‘yinning oxirgi qismlarida ko‘plab vaziyatlar yaratdik, biroq ulardan foydalan olmadik.

Natijada durang qayd etildi.
Bugun himoyada biroz xatoliklar bo‘ldi , lekin ikkinchi bo‘limga kelib bu xatolarni to‘g‘riladik.
Biz yosh murabbiy Islom Ismoilovni to‘g‘ri tushunishimiz kerak. «Turon» kecha alamli mag‘lubiyatga uchradi. Jamoa durang o‘ynashi mumkin edi. Yosh murabbiy ehtirosga berilib fikrlar aytgandir. Lekin uning gaplarida jon bor. Jamoa biron natijaga erishishi uchun 60-70 nafar inson va yana qancha muxlislar harakat qilishdi. Bitta ikkita inson shuncha mehnatni zoe qivorishi alamli. Xakam qanday qilib bunaqa qo‘pol xatoga yo‘l qo‘yishi mumkin bilmadim.

Ismoilov 1-turdagi o‘yinni ham qo‘shib ketgani men uchun tushunarsiz bo‘ldi. Biz bilan bo‘lgan o‘yinda gollar hammasi chiroyli bo‘ldi. O‘yin borasida ustunlik qildik. Balkim murabbiy emosiyada o‘sha o‘yinni ham qo‘shib yuborgandir. Chunki Yaypandagi o‘yindan keyin jamoa rahbariyati , murabbiylar bilan bir-birimizga omad tilab yaxshi xayrlashgan edik. Nima bo‘lgan taqdirda ham biz murabbiylar Ismoilovni qo‘llab-quvvatlashimiz kerak. Agar Islombek o‘z fikrlarini emosiya berilmasdan bildirganda yanada yaxshi bo‘lardi deb o‘ylayman. Chunki uning gaplarini yoshi katta insonlar, ayollar ham eshitishi mumkin.
Yurtimizda xalol o‘yinlar borasida katta xajmdagi ishlar amalga oshirilmoqda. Mana VAR tizimi kam sonli o‘yinlarda bo‘lsa ham ishlay boshladi. Kelajakda VAR ham ko‘payib, yanada xatolar kamayadi deb umid qilaman.

Shu o‘rinda bugungi uchrashuvda stadionga kelib bizni qo‘llab turgan muxlislarimizga jamoamiz nomidan minnatdorchilik bildiraman. Xudo xoxlasa «Qo‘qon-1912» jamoasini muxlislar istagandek jamoaga aylantirmaguncha bu yerdan ketmayman". - deydi Ashurmatov.

Manba: Қўқон-1912 матбуот хизмати
Kiritildi: 20:33, 15.03.2021.
O'qildi: 1713 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик