Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Prevyu: AGMK – «Paxtakor»

Prevyu: AGMK – «Paxtakor»

Baho:
+ | -

Joriy yildan e’tiboran "Paxtakor" boshqaruviga niderlandiyalik mutaxassis Piter Xyuistra keldi. Tarkib ham tubdan o‘zgardi va ketgan futbolchilar o‘rni yaxshi ijrochilar bilan to‘ldirildi. Hamrobekov, Masharipov, Hamdamov, Sergeevning o‘rniga Rashidov, Turg‘unboyev, Muhiddinov, Temirov kabi futbolchilar jalb etildi. O‘tgan mavsumni “Bunyodkor”da ijarada o‘tkazgan Yo‘ldoshev esa ortga qaytarildi.

Mirjalol Qosimov boshqaruvidagi jamoa ham seleksiya ishlarini faol tarzda olib bordi va tarkibni yanada shakllantirishga hamda yoshartirishga erishdi. Jamoaga darvozabon Ergashev, himoyachilar Otaxonov, Komilov, Ahmadaliyev, yarim himoyachilar Kozak, Gadoyev, Shoahmedov, niderlandiyalik Fortes va ukrainalik Kasyan kelib qo‘shildi.

O‘zaro o‘yinlar statistikasiga ko‘ra, o‘tkazilgan jami 30 o‘yinda "Paxtakor" 22 g‘alabani tantana qilgan, AGMK esa 5 marotaba "paxtakorchilar"dan ustun kelgan. Qolgan 3 bellashuvda g‘olib nomi aniqlanmagan. To‘plar nisbati: 61-21, "Paxtakor" foydasiga.

Manba: pakhtakor.uz
Kiritildi: 06:58, 17.03.2021.
O'qildi: 2141 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик